Savollar va javoblar

MEHNAT MUNOSOBATLARI SOHASIDAGI SAVOL VA JAVOBLAR

  • Men xususiy korxonadan ish topdim. Meni bir narsa o’ylantirayapti: agar mening xodim sifatidagi huquqlarim nodavlat, ya’ni xususiy tashkilotda buzilgan bo’lsa men yordam so’rab vakolatli tashkilotlarga murojaat qila olamanmi?

Albatta murojaat qila olasiz. Mehnat kodeksining amal qilish dorisi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar va xodimlarga (mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan) nisbatan tatbiq etiladi.

Siz ishga joylashmoqchi bo’lgan xususiy korxonaning ish beruvchisi ham davlat tashkilotlari rahbarlari bilan bir xil javobgarlikka ega. Barcha hollarda ham mehnat munosabatlarining vujudga kelishiga siz va ish beruvchi o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo’ladi. Biroq, shuni e’tiborga olish lozimki, barcha tashkilotlar Konstitutsiya va Mehnat kodeksiga zid bo’lmasligi zarur bo’lgan, o’zlarining ichki tartib qoidalarini o’rnata oldilar.

  • Bizning ishxonamizda farrosh yo’q, korxona rahbari ishdan bo’shatish bilan tahdid qilib, xodimlarni xizmat xonalarini tozalashga majburlaydi. Bu esa bizning xizmat vazifalarimizga ham kirmaydi, mehnat shartnomasida ham nazarda tutilmagan va buning uchun haq ham to’lanmaydi. Direktorning harakatlari qonuniymi?

Yo’q, direktorning harakatlari qonunga zid va ushbu holat majburiy mehnat sifatida baholanadi. Mehnat kodeksining 7-moddasiga asosan majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo’llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.

Quyidagi ishlar, ya’ni:

  • harbiy yoki muqobil xizmat to’g’risidagi qonunlar (“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi Qonun) asosida;
  • favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda;
  • sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan;
  • qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo’lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.
  • Menga tushuntirib bersangiz: xodim sifatida mening qanday aniq huquqlarim bor?

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksining 16-moddasiga muvofiq xodimlarning asosiy huquqlariga, ya’ni sizning huquqlaringizga quyidagilar kiradi:

  • mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonundabelgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish;
  • o’z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo’lmagan miqdorda haq olish;
  • muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o’rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek, haq to’lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;
  • xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;
  • kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • ish bilan bog’liq holda sog’lig’iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash;
  • Tashkilotimiz kasaba uyushmasining rahbari ishdan bo’shadi, yangi direktorimiz esa kasaba uyushmasi faoliyatini tugatish haqida buyruq chiqardi. Direktorning harakatlari to’g’rimi?

Direktorning harakatlari noto’g’ri. Mehnat kodeksining 26-moddasi ikkinchi qismiga ko’ra, xodimlar vakillik organlarining faoliyatini ish beruvchi yoki u vakil qilgan shaxslar tashabbusi bilan tugatishga yo’l qo’yilmaydi.

  • Bizning mebelь ishlab chiqarish bo’yicha uncha katta bo’lmagan firmamiz bor. Biz jamoa shartnomasini tuzishmiz shartmi?

Mehnat kodeksining 31-moddasiga muvofiq har qaysi taraf jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish va o’zgartirish yuzasidan muzokaralar olib borish tashabbusi bilan chiqishga haqlidir. SHunday qilib, jamoa shartnomasi tuzish ish beruvchi va xodimlarning vakillik organlarining majburiyati emas, balki huquqi ekanligidan kelib chiqib, mehnat qonunchiligida jamoa shartnomasini majburiy tarzda tuzishni belgilovchi qodida mavjud emas, degan xulosaga kelish mumkin. SHu bilan birga, jamoa shartnomasini tuzish ham ish beruvchi uchun ham mehnat jamoasi uchun maqsadga muvofiq, chunki u qonunchilikda aks ettirilmagan bir qator masalalarni tartibga solish imkonini beradi.

  • Jamoa shartnomasini buzganlik uchun tashkilotning rahbari javobgar bo’ladimi yoki bu faqat xodimlarga taalluqlimi?

Ish beruvchining jamoa shartnomasi bo’yicha majburiyatlarini bajarilmasligida aybdor bo’lgan mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilishlari mumkin. Bundan tashqari, yuqorida sanab o’tilgan qoidabuzishlar mehnat to’g’risidagi qonunchilikni buzganlik sifatida baholanishi mumkinligi sababli, mazkur shaxslar Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 49-moddasiga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

SHuni ta’kidlash kerakki, ish beruvchi tomonidan jamoa shartnomasining ba’zi shartlarini bajarmaslik korxonaga nisbatan moliyaviy jarimalarni qo’llanishiga sabab bo’lishi mumkin. Mehnat kodeksi 161-moddasining to’rtinchi qismiga muvofiq, jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq to’lash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin. Agar jamoa shartnomasida xodimga ish haqini to’lashni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi nazarda tutilgan bo’lsa, bunday kechiktirish xodimlarga qo’shimcha to’lov to’lanishiga sabab bo’lishi mumkin. Bunday hollarda ish haqini to’lanishini kechiktirilishiga aybdor bo’lgan mansabdor shaxs o’zining o’rtacha oylik ish haqi doirasida moddiy javobgarlikka tortilishi mumkin

 

BANDLIK SOHASIDAGI SAVOL VA JAVOBLAR

 

  • Menga ishsizlik nafaqasi doimiy ravishda to’lanmasligini haqida eshitdim. Bunday bo’lsa Bandlikka ko’maklashish markaziga murojaat qilishimga arziydimi?

Albatta. Mehnat kodeksining 65-moddasi ikkinchi qismiga ko’ra, haqiqatdan ham ishsizlik nafaqasi ko’pi bilan:

  • ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga o’n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendarь hafta;
  • ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa o’n uch kalendarь hafta mobaynida to’lanadi.

SHu bilan birga, ishsizlik nafaqasini to’lashni Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining yagona va eng asosiy vazifasi deb bo’lmaydi. Mehnat kodeksining 64-moddasiga muvofiq ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasidan tashqari:

  • qaramog’idagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish;
  • kasb o’rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to’lanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qo’shish;
  • haq to’lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati ta’minlanadi.

Biroq, ish qidirayotgan shaxslar uchun Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining eng asosiy vazifasi bu ularni maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni, bepul kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malkasini oshirishga yo’naltirish hisoblanadi.

  • Meni harbiy hizmatga chaqirishganligi sababli ishdan bo’shadim. Harbiy xizmatni o’tab bo’lganimdan keyin avvalgi ishimga joylashish bo’yicha qandaydir kafolatlar bormi?

Mehnat kodeksining 68-moddasiga ko’ra, harbiy xizmatga chaqirilgan (o’tgan) xodim rezervga bo’shatilgan yoki iste’foga chiqqanidan keyin, basharti, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo’shinlaridan bo’shatilgan kunidan boshlab uzog’i bilan uch oy ichida ishga joylashish masalasida ish beruvchiga murojaat etgan bo’lsa, avvalgi ish joyida ishga joylashish huquqiga egadir.

Harbiy xizmatga chaqirilgan (o’tgan), lekin keyinchalik rezervga bo’shatilgan yoki iste’foga chiqqan xodim, agar uning harbiy xizmatga chaqirilgan (o’tgan) kunidan boshlab uch oydan ortiq vaqt o’tmagan bo’lsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytib kelish huquqiga ega.

  • Men mutaxasisligim bo’yicha pedagogman, maktabda ishlagan ish stajim 1999 yildan 2007 yilgacha. 2007 yildan beri bankda kassir bo’lib ishlab kelmoqdaman. 1998 yilda olgan diplomim kuchdami, men qaerga murojaat qilishim lozim?

Albatta, sizning diplomingiz kuchda. Ishga joylashish masalasida bandlikka ko’maklashish markazlariga murojaat qilishingiz, shuningdek, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining internet sayti www.mehnat.uz ga kirishingiz mumkin. Ishga joylashgandan keyin siz malakangizni oshirish xamda tegishli yo’nalish bo’yicha ta’lim berishning yangi uslublari bilan tanishish maqsadida ta’lim olishingiz mumkin.

  • Mening o’g’lim 19 yoshda. U birinchi marta ishga joylashdi. Bir oy oldin u o’zining barcha hujjatlarini tayyorladi va rahbariyatga taqdim qildi. Uch xaftadan beri har kuni ishga borayapti. Birinchi maoshini oladigan paytga yaqin qoldi, lekin uni ishga olishganligi haqidagi buyruq chiqdimi, degan savolimga o’g’lim javob bera olmayapti. Ishga qabul qilish jarayoni qanday bochqichlarni o’z ichiga oladi?

Sizning o’g’lingizni ishga qabul qilish paytida huquqbuzarlikka yo’l qo’yilgan bo’lishi ehtimoli bor.

Ishga qabul qilish jarayonini shartli ravishda uchta bosqichga bo’lish mumkin:

  • ishga qabul qilish paytidagi tanishtiruv jarayoni;
  • mehnat shartnomasini tuzish;
  • ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqni chiqarish;

Qonunchilikda ishga kirayotganlar va ish beruvchilarga aniq huquqlar kafolatlangan hamda ularga mehnat munosabatlari boshlangunga qadar ham tegishli majburiyatlar yuklangan.

SHunday qilib, ishga qabul qilish tartibi bu ishga kiruvchi va ish beruvchining ixtiyoriy harakatlari emas, balki qonunchilik bilan belgilangan muomala qoidalaridir.

Ishga qabul qilishning asosiy va eng muhim bosqichi bu mehnat shartnomasini tuzish, ya’ni xodim va ish beruvchining barcha shartlar bo’yicha kelishuvga erishishi hisoblanadi. SHuni ta’kidlash kerakki, tomonlar kelishuvning barcha zarur va qo’shimcha shartlari bo’yicha kelishmagunlaricha mehnat shartnomasi tuzilmaydi. Xodim va ish beruvchi o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi lozim darajada rasmiylashtirilishi hamda xodim va ish beruvchi tomonidan imzolanishi lozim.

Tuzilgan mehnat shartnomasi asosida xodimni ishga qabul qilish haqidagi buyruqni chiqarish, shuningdek, xodimni u bilan tanishtirish ishga qabul qilish jarayonini tamomlaydi.

SHu sababli, sizning o’g’lingiz sinov muddatini o’tayotgan bo’lgan taqdirda ham u mehnat shartnomasini tuzgan bo’lishi va ishga qabul qilinganligi to’g’risidagi buyruqni tanishib imzolagan bo’lishi lozim edi.

  • Men moliyaviy oliy ta’lim muassasasini tamomlaganman va katta tanlov natijasiga ko’ra xalqaro firmaning vakolatxonasiga ishga joylashdim. Kadrlar bo’limida menga yetti oyga mehnat shartnomasini tuzishni taklif qilishdi, garchand men barcha testlar va suhbatlardan o’tganimdan keyin uzoqroq muddatli ishga ega bo’laman, deb umid qilgan edim. Iltimos, menga maslahat bersangiz, men ish beruvchidan uzoqroq muddatga mehnat shartnomasini tuzishni so’rash huquqim bormi va umuman mehnat shartnomasini tugash vaqtini ko’rsatilishi majburiymi?

Albatta, siz bunday huquqga egasiz. Biroq, shuni nazarda tutish lozimki, Mehnat kodeksi 73-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish muddati mehnat shartnomasi tomonlarining kelishuviga binoan, ya’ni xodim va ish beruvchining o’zaro roziligi bilan belgilanadi. Siz o’zingiz istagan muddatni taklif qilishingiz mumkin, lekin natijada muddat ish beruvchining fikrini inobatga olib belgilanadi.

Muddatsiz mehnat shartnomasini tuzishga kelsak, shuni ta’kidlash kerakki, Mehnat kodeksining 75-moddasiga ko’ra mehnat shartnomalari:

nomuayyan muddatga;

  • besh yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga;
  • muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuzilishi mumkin.

SHu bilan birga, Mehnat kodeksining 76-moddasida ish beruvchining muddatli mehnat shartnomasi tuzish huquqi quyidagi tarzda cheklangan:

“Muddatli mehnat shartnomalari:

bajarilajak ishning xususiyati, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan tarzda, nomuayyan muddatga mo’ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo’lmagan hollarda;

korxona rahbari, uning o’rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo’lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim bilan;

qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda tuzilishi mumkin”.

SHunday qilib, siz korxona rahbari, uning o’rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo’lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim bo’lmasangiz ish beruvchi siz bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzish aynan sizning manfaatlarini hisobga olgan holda, tuzilayotganligini yoki mehnat shartnomasini nomuayyan tuzishning texnik jihatdan imkoniyati yo’qligi isbotlab berishi zarur.

  • Men uch yildan beri universitetda kassir bo’lib ishlab kelmoqdaman. Mening mehnat shartnomamda uning amal qilish muddati ko’rsatilmagan. Bu uni haqiqiy emas, deb hisoblanishiga olib kelmaydimi?

Yo’q. Mehnat kodeksining 75-moddasiga ko’ra mehnat shartnomalari:

  • nomuayyan muddatga;
  • besh yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga;
  • muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuzilishi mumkin.

Agar Sizning mehnat shartnomangizda uning amal qilish muddati ko’rsatilmagan bo’lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan, deb hisoblanadi.

Mehnat shartnomasini nomuayyan muddatga tuzilishi siz doimiy muddatga ishga qabul qilinganingizni anglatadi va siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddat tugaganligi sababli bekor bo’lmaydi.

  • Men direktor bo’lib ishlaydigan korxona mavjud bo’sh ish o’rinlari haqida e’lon berdi. Mening oldimga turli mutaxassislar kelayapti va albatta biz eng malakali mutahassisni tanlab olishni xohlaymiz. Dastlabki sinov muddatini belgilash mumkin bo’lmagan xodimlarning ro’yxati bormi?

Ha, bor. Mehnat kodeksining 84-moddasi uchinchi qismiga ko’ra:

  • homilador ayollar, uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar;
  • korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;
  • olti oygacha bo’lgan muddatga mehnat shartnomasi tuzilgan xodimlar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.

Agar Mehnat kodeksining 84-moddasi talablari buzilib, bunday shaxslarga nisbatan dastlabki sinov muddati belgilansa, Mehnat kodeksining 5-moddasiga muvofiq mehnat shartnomasining dastlabki sinov bo’yicha shartlari haqiqiy emas deb topiladi, xodim esa sinov muddatisiz ishga qabul qilingan hisoblanadi.

  • Bizning korxonamiz boshqa mulkdorga sotib yuborildi. Endi bizning mehnat jamoamiz (biz poyabzal fabrikasida ishlaymiz) ishdan bo’shatilamizmi, deb tashvishlanmoqda.

Yo’q bunday bo’lmaydi. Sizning vaziyatingizda so’z korxonaning mulkdori almashishi haqida ketmoqda. Mehnat kodeksining 98-moddasi birinchi qismiga muvofiqbunday hollarda mehnat munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi.Korxona mulkdori almashishi, shuningdek korxona qayta tashkil etilishi siz va sizning hamkasblaringiz bilan mehnat shartnomasini bekor qilinishiga olib kelmaydi. Ushbu umumiy qoidadan faqat bitta istisno holat bor. Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 6-bandiga ko’ra korxona rahbari, uning o’rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo’lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilin ishi mumkin.

  • Ishdan chetlashtirish qanday holatda va qay tarzda amalga oshiriladi?

Mehnat kodeksining 113-moddasiga asosan xodimni ishdan chetlashtirishga, qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, yo’l qo’yilmaydi.

Alkogolli ichimlikdan, giyovandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelgan xodim shu kuni (smenada) ishga qo’yilmaydi.

>Xodim majburiy tibbiy ko’rikdan o’tishdan bo’yin tovlagan yoki o’tkazilgan tekshirishlar natijalari bo’yicha tibbiy komissiya tavsiyalarini bajarmagan taqdirda, ish beruvchi uni ishga qo’ymaslikka haqlidir.

Xodim ish beruvchining aybi bilan g’ayriqonuniy ravishda ishdan chetlashtirilganda xodimga yetkazilgan zararni Mehnat kodeksida nazarda tutilgan tartibda to’lash majburiyati ish beruvchiga yuklatiladi.

  • Yarim yildan keyin mening yubileyim, men 55 yoshdaman, lekin bu bir vaqtda pensiya yoshi ham degani. Bu men ishdan ketishim kerakligini bildiradimi?

Yo’q, bildirmaydi. Qonun hujjatlarida pensionerlarning mehnatidan foydalanishni taqiqlovchi biror bir umumiy taqiq yo’q.

Xodimning pensiya yoshiga to’lganligi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ish beruvchining majburiyati emas, balki huquqi hisoblanadi. Bu masala individual yondashuvni talab etadi.. Agar siz mehnat vazifalaringizni sifatli bajarayotgan bo’lsangiz va korxona sizga muxtoj bo’lsa, unda mazkur asos bo’yicha siz bilan mehnat shartnomasini bekor qilish maqsadga muvofiq emas.

Mazkur asos bo’yicha mehnat shartnomasini faqat yoshga doir pensiya taynlash uchun zarur bo’lgan ish staji (siz uchun – 20 yil) bor bo’lsa bekor qilish mumkin.

Mehnat kodeksining 100-moddasi 7-bandi ikkinchi qismiga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risida ish beruvchi sizni kamida ikki oy oldin yozma xat bilan ogohlantirilishi lozim. Sizning roziligingiz bilan ogohlantiruv muddati mutanosib ravishda pullik kompensatsiyaga almashtirilishi mumkin.

Agar jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishni kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib olish nazarda tutilgan bo’lsa, kelishib olish zarur. Mazkur asosga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilayotganda sizga o’rtacha oylik ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda ishdan bo’shatish nafaqasi to’lanadi.

  • Jiyanim ishdan uyga qaytayotib avtohalokatga uchradi. Uning olgan tan jarohati ishlab chiqarish bilan bog’liq deb hisoblanadimi? Ish vaqti tushunchasiga nima kiradi?

Mehnat kodeksining 114-moddasiga ko’ra, xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o’z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo’lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi. Mehnat kodeksining 189-moddasiga muvofiq xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham mehnatda mayib bo’lishi, shuningdek ish beruvchi tomonidan ajratilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda shikastlanishi natijasida yetkazilgan zarar uchun ish beruvchi moddiy javobgar bo’ladi. SHunga ko’ra, ish beruvchini moddiy javobgar deb e’tirof etish uchun, amakingizni o’g’li qaysi avtomashinada avtohalotkatga uchraganligi va ushbu halokat kimning aybi bilan sodir bo’lganligini aniqlash lozim.

  • Qaysi ish vaqti tungi ish vaqti deb hisoblanadi?

Mehnat kodeksining122-moddasiga muvofiq, soat 22-00 dan 6-00 gacha bo’lgan vaqt tungi ish vaqti hisoblanadi.

  • Meni ishda soat 21 gacha ushlab qolib, keyingi kuni esa soat 8-00 da ishda bo’lishimni talab qilishlari mumkinmi?

Yo’q, mumkin emas. Mehnat kodeksining 128-moddasiga muvofiq, ishning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o’rtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati o’n ikki soatdan kam bo’lishi mumkin emas.

  • Menga har doim dushanba kuni ishga chiqish qiyinchilik tug’diradi. SHuning uchun, yakshanba kuni ishlab, dushanbada dam olishim mumkinmi?

Yo’q, mumkin emas. Mehnat kodeksining 129-moddasiga muvofiq, besh kunlik ish haftasida xodimlarga haftada ikki dam olish kuni, olti kunlik ish haftasida esa, bir dam olish kuni beriladi.

Umumiy dam olish kuni yakshanbadir

  • Men beshinchi sinfda o’qiyman. Bizning mamlakatimizda 14 yanvarь Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilingan. O’sha kuni o’qishga chiqmasligimiz mumkinmi?

Yo’q, mumkin emas. Mehnat kodeksining 131-moddasiga muvofiq, bayram (ishlanmaydigan) kunlar quyidagilar hisoblanadi:

  • 1 yanvarь – Yangi yil;
  • 8 mart – Xotin-qizlar kuni;
  • 21 mart – Navro’z bayrami;
  • 9 may – Xotira va qadrlash kuni;
  • 1 sentyabrь – Mustaqillik kuni;
  • 1 oktyabrь – O’qituvchi va murabbiylar kuni;
  • 8 dekabrь – Konstitutsiya kuni;
  • Ro’za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
  • Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

Ko’rib turganingizday, 14 yanvarь bizning mamlakatimizda keng miqyosda nishonlansada, bayram kuni hisoblanmaydi.

  • Men ofis-menejeri sifatida ishga qabul qilinganimda, mening mehnat ta’tilim qisqa ekanligi haqida xabar qilishdi. Yillik asosiy mehnat ta’tilining eng qisqa chegarasi qancha?

Mehnat kodeksining 134-moddasiga muvofiq, xodimlarga o’n besh ish kunidan kam bo’lmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til beriladi.

  • Men mehnat sharoiti noqulay bo’lgan korxonada ishlayman va shu sababli bizga qo’shimcha ta’tillar beriladi. Beriladigan ta’tilning davomiyligi bo’yicha cheklovlar bormi?

Xa, bor. Mehnat kodeksining 140-moddasiga muofiq yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo’shimcha ta’tillar yillik asosiy ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qo’shib jamlanadi.

Barcha hollarda qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning umumiy muddati qirq sakkiz ish kunidan oshib ketishi mumkin emas.

  • Men 10 oy ishladim va mehnat ta’tiliga chiqish jadvaliga ko’ra men ta’tilga chiqishim kerak. Aytingchi, ta’tilning muddati ishlangan vaqt miqdoriga bog’liqmi?

Ha, bog’liq. Mehnat kodeksining 141-moddasiga muvofiq ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda ularning muddati har bir to’liq ta’til miqdorini o’n ikkiga bo’lib, so’ng to’liq ishlangan oylar soniga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. Bunda o’n besh kalendarь kunga teng va undan ko’p bo’lgan kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o’n besh kalendarь kundan kami esa chiqarib tashlanadi.

  • O’tgan yilning oxirida bizning korxonada ta’tilga chiqish jadvali tuzilgan edi. Biroq, men uylanishga qaror qildim va belgilangan muddatdan oldinroq ta’tilga chiqmoqchiman. Ta’tilning muddatini o’zgartirishni so’rab ish beruvchiga murojaat qilsam bo’ladimi? Ish beruvchi ta’tilni yangi muddatga o’tkazib berishga majburmi?

Murojat qilish huquqingiz bor. Mehnat kodeksining 144-moddasi beshinchi qismiga muvofiq ta’tildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqti xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan o’zgartirilishi mumkin. Biroq, ushbu moddadan kelib chiqib ish beruvchi siz taklif qilayotgan vaqtga rozi bo’lishga majbur emas.

  • Mehnat shartnomasiga muvofiq menga 28 ish kunidan iborat mehnat ta’tili berilishi kerak. Men uni ikki qismga bo’lib olsam bo’ladimi?

Mehnat kodeksining 146-moddasi talablariga rioya qilgan holda xodimning xohishiga ko’ra uning yozma arizasi asosida ta’tilni qismlarga bo’lishga yo’l qo’yiladi. Bunda ta’tilning bir qismi o’n ikki ish kunidan kam bo’lmasligi lozim.

  • Keyingi oyning boshida ta’tilga chiqaman. Qachon va qancha miqdorda menga ta’til uchun haq to’lanadi?

Mehnat kodeksining 148-moddasiga muvofiq, yillik ta’tillar davri uchun xodimga o’rtacha ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda haq to’lash kafolatlanadi (169-modda).

Ta’til uchun haq to’lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi.

  • Men yuridik kollejda o’qiyman. Sessiya imtihonlari davrida ijtimoiy ta’tillar to’g’risida savol berildi. Aytingchi, ijtimoiy ta’tilga nimalar kiradi?

Mehnat kodeksining 149-moddasiga ko’ra, xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillar olish huquqidan foydalanadilar:

  • homiladorlik va tug’ish ta’tillari
  • bolalarni parvarishlash ta’tillari
  • o’qish bilan bog’liq ta’tillar

ijodiy ta’tillar.

  • Slesarь bo’lib ishlayman va o’z ishimni yaxshi ko’raman. SHu bilan birga men badiiy adabiyotga qiziqaman. Detektiv yozish – mening orzuim. O’z ish joyimdan ijodiy ta’til so’rashim mumkinmi?

Yo’q. Sizning badiiy adabiyotga qiziqishingiz yaxshi albatta, lekin, Mehnat kodeksining 258-moddasiga ko’ra, ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga qo’shib olib borayotgan shaxslarga nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarini yakunlash, shuningdek darsliklar va o’quv-uslubiy qo’llanmalar yozish uchun asosiy ish joyida o’rtacha oylik ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta’tillar beriladi

  • Men soda ishlab chiqarish fabrikasining direktori bo’lib ishlayman. Ish haqi saqlanmagan holda turli lavozimdagi ishchilarga ta’til berilishi mumkinmi?

Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 150-moddasiga asosan, xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning muddati xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.

Quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko’ra, ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda ta’til beriladi:

  • 1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarga – har yili o’n to’rt kalendarь kunga qadar;
  • ishlayotgan I va II guruh nogironlariga – har yili o’n to’rt kalendarь kunga qadar;
  • ikki yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga;
  • o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga – har yili o’n to’rt kalendarь kunga qadar;
  • mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda
  • Oilamiz bilan yozda toqqa borishni rejalashtirdik. Turmush o’rtog’imni mehnat ta’tilining 3 kuni ishga chaqirib olishdi. Aytingchi, mehnat ta’tilidan foydalanmay qolgan kunlar keyingi ta’tilni hisoblashda inobatga olinadimi?

Ha, inobatga olinadi. Ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki Mehnat kodeksining talablarga rioya qilgan holda keyingi ish yilining ta’tiliga qo’shib qo’yilishi kerak.

Mehnat kodeksining 147-moddasiga ko’ra ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo’l qo’yiladi.

  • Oxirgi 2 yil mobaynida men o’rtacha hisobda 14 kun ta’tilda bo’lganman. Hozir esa ishdan bo’shamoqchiman. Foydalanmagan ta’til uchun pullik kompensatsiya olishim mumkinmi?

Mehnat kodeksining 151-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo’shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to’lanadi.

Bundan tashqari, sizning yozma arizangizga binoan mehnat shartnomasi bekor qilinganda yillik asosiy va qo’shimcha ta’tillarni berib, bunda ta’til tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi

  • Men qonun hujjatlari bilan eng kam oylik ish xaqi miqdori belgilanishini bilaman. Aytingchi, oylik ish haqining eng ko’p miqdori bo’yicha cheklovlar bormi?

Yo’q, mavjud emas. Mehnat kodeksining 153-moddasi birinchi qismiga muvofiq mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas va uning eng ko’p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.

  • Vaqtinchalik moddiy qiynchiliklar bo’layotganligini vaj qilib ish beruvchi bizga ish haqini berishni kechiktirmoqda. Uning xarakatlari qonuniymi?

Ish beruvchingizning xarakatlari noqonuniy. U Mehnat kodeksining 154-modda talablarini buzmoqda. Unga ko’ra ish beruvchi o’zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq Mehnat kodeksining161-moddasida ko’rsatilgan muddatlarda to’lashi shart

  • Mehnat uchun to’lanadigan eng kam oylik ish haqi qanchani tashkil etadi?

Mehnat kodeksining 155-moddasiga ko’ra, muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini to’liq bajargan xodimning oylik mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yilgan eng kam mehnat haqi miqdoridan oz bo’lishi mumkin emas.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 5 iyuldagi PF–4450-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida”gi Farmoniga ko’ra, 2012 yil 1 avgustdan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi oyiga 90 515so’mni tashkil qiladi.

Mehnat haqining eng kam miqdoriga qo’shimcha to’lovlar, ustamalar, rag’batlantirish tarzidagi to’lovlar, normal ish vaqtidan chetga chiqqan holda bajarilgan ishlar uchun oshirilgan miqdorda to’lanadigan haqlar shuningdek rayon koeffitsientlari qo’shilmaydi.

SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ–1675-son qarorining 4-bandiga muvofiq, 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab respublikaning barcha tashkilotlarida mehnat haqi miqdori mehnatga haq to’lashning Yagona tarif setkasi bo’yicha birinchi razryaddan kam bo’lmagan holda belgilangan.

  • Bu oyda ish haqi olinadigan kun bayram kuniga to’g’ri kelgan. SHunga ko’ra buxgalter oylik ish haqini to’lanishini kechiktirish mumkinmi?

Yo’q, mumkin emas. Haq to’lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to’g’ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to’lanadi.

Jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq to’lash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.

  • O’tgan oyda korxonamiz atlas tayyorlab berish uchun katta buyurtma qabul qildi va men dam olish va bayram kunlari ishladim. Lekin, menga hanuzgacha ish haqini to’lashgani yo’q. Ushbu ish haqi mening oddiy ish haqimdan farqlanadimi?

Ha, farq qiladi. Mehnat kodeksining 157-moddasiga ko’ra, ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to’lanadi. To’lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, – ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.

Bayram yoki dam olish kunidagi ish sizning xohishingizga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin. Bayram yoki dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to’lanadi.

  • Tungi va kechgi vaqtdagi ish uchun haq to’lash tartibi qanday?

Mehnat kodeksining 158-moddasiga asosan, tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq to’lanadi.

Jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib, kechki smenadagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq to’lash nazarda tutilishi mumkin. Bevosita tungi smenadan oldingisi kechki smena deb hisoblanadi.

  • Mening marhum qaynonam temir yo’lda provodnik bo’lib ishlagan. U oxirgi oylik maoshini olmagan. Uning qarindoshlari yoki yaqinlaridan biri ushbu pulni olishi mumkinmi?

Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 162-moddasiga asosan xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqi uning oila a’zolariga, shuningdek mehnatga qobiliyatsizligi tufayli vafot etgan shaxsning qaramog’ida bo’lgan shaxslarga beriladi.

  • Yoshim 23 da. Yirik banklardan birida ishlayman. Lekin, menga bir yangi istiqbolli ish taklif qilishdi. Men qanday qilib bu yilning hisobidan olinmagan mehnat ta’tilini olib, ishdan bo’shashim va yangi ishga o’tishim mumkin?

Siz ishdan bo’shash sharti bilan ta’tilga chiqish to’g’risida ariza yozib va shu bilan yangi ishga joylashishingiz mumkin. Mehnat kodeksining 152-moddasiga asosan, jamoa shartnomasida yoki xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning xohishiga ko’ra, yillik asosiy va qo’shimcha ta’tillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish hollari nazarda tutilishi mumkin.

E’tibor bering, bu holda ta’til tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. Boshqa tomonidan, Mehnat kodeksining 151-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo’shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to’lanadi.

 

IJTIMOIY SOHADAGI SAVOL VA JAVOBLAR

 

  • Qaysi toifadagi nogironlarda texnik reabilitatsiya vositalari bilan bepul ta’minlanish imtiyozlari bor?

— ikkinchi Jahon urushi nogironlari;

— umumiy kasalliklardan nogironlar;

— mehnat tufayli nogironlar;

— professional kasallik tufayli nogironlar;

— harbiy xizmat bilan bog’liq jarohatlanish, kontuziya, shikast, kasalliklar tufayli nogironlar;

— harbiy xizmat o’tash paytida orttirilgan kasallik tufayli nogironlar;

— fuqarolik burchini bajarish bilan bog’liq jarohatlanish, kontuziya, shikasttufayli nogironlar;

— CHAES nogironlari;

— bolalikdan nogironlar;

— 16 yoshga to’lmagan nogiron bolalar.

TMEKnogironlarning texnik reabilitatsiya vositalarida muhtojligi haqidagi xulosalari tasdiqlangan tibbiy ko’rsatmalarga asoslanadi (belgilangan kasalliklarga ko’ra).

  • Nogironlarning protez-ortopedik moslamalarga muhtojligini kim belgilaydi?

Muhtojlik TMEKtomonidan tibbiy ko’rsatmalar asosida belgilangan kasallikka ko’ra aniqlanadi. 16 yoshga to’lmagan nogiron bolalarga protez-ortopedik moslamalarni olish uchun yo’llanma talonlar tuman (shahar) ijtimoiy himoya bo’limlari tomonidan TMEK(VMK) tibbiy xulosasi asosida beriladi. Agar nogironlarda yakka tartibda protez-ortopedik mahsulotlarni olish uchun tibbiy ko’rsatmalar mavjudligini aniqlash uchun hamda mahsulotlarni ishlab chiqarishda qo’shimcha ish turlarini qo’llanilishi uchun tibbiy-texnik qo’mitalar tuziladi.

  • Protez-ortopedik moslama uchun nogironga berilgan talon qancha vaqt mobaynida kuchini yo’qotmaydi?

Talon berilgan kunidan boshlab bir oy ichida amal qiladi.Nogiron tomomnidan talon ishlatilmasa, tuman (shahar) ijtimoiy himoya bo’limlari talabi bilan mehnat va ijtimoiy himoya hududiy boshqarmalari uning muddatini yana bir oyga uzaytirib berishi mumkin. Yuqoridagi muddat ichida talon ishlatilmasa, u rasmiy hujjat tuzilganidan keyin bekor qilingan hisoblanadi.

Mehnat va ijtimoiy himoya bo’limlari tomonidan nogironga birinchi yo’llanma talon rasmiylashtirilganida nogironning shaxsiy ish hujjatlariga qo’yiladigan “Protezlanuvchi kartasi” ochiladi. Nogiron yashash manzilini almashtiradigan holatda “Protezlanuvchi kartasi” barcha hujjatlari bilan birga oxirgi yashash joyi bo’yicha tuman (shahar) mehnat va ijtimoiy himoya bo’limiga o’tkaziladi.

  • Mening nogiron farzandimga maxsus ortopedik oyoq kiyim tayyorlangan va topshirilgan. Bola o’syapti va uning oyoq o’lchami o’zgarmoqda. Farzandim qachon uning o’lchamiga mos yangi oyoq kiyim olishi mumkin?

Umuman olganda, ortopedik oyoq kiyimning amal qilish muddati 12 oy hisoblanadi. Biroq 16 yoshgacha bo’lgan bolalarda uning jismoniy o’sayotganligi sababli, o’lchami jihatdan loyiq bo’lmay qolsa, ushbu mahsulot ertaroq almashtirilishi mumkin.

Maxsus oyoq kiyimni almashtirish uchun tuman (shahar) bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga talon-yo’llanma olish uchun murojaat qilish lozim va ushbu talon bilan tegishli hududiy reabilitatsion markazga yangi mahsulot olish uchun murojaat qilish kerak. Reabilitatsion markazga yaroqsiz ahvolga kelib qolgan ortopedik oyoq kiyimini topshirish shart emas.

  • Nogironga texnik yoki boshqa vosita takdim qilish jarayoni qanday o’tadi?

Texnik yoki boshqa vosita nogironga RYaTD asosida bepul yoki imtiyozli ravishda tuman sog’liqni saqlash idoralaridan taqdim qilinadi.

Agar RYaTD tomonidan ko’rsatilgan texnik yoki boshqa vosita nogironga davlat idorasi tomonidan taqdim qilina olmasa, yoki nogiron quyidagi vositani o’z hisobiga sotib olgan bo’lsa, unga ko’rsatilgan tartibda kompensatsiya to’lanadi.

Muhtoj odamlarni protez-ortopedik moslamalar va siljish vositalari bilan ta’minlash “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi 1991.18.11. dagi Qonunga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003.27.03. dagi “protez-ortopedik moslamalar va reabilitatsiya texnik vositalari muhtoj odamlarni shu texnik vositalar bilan ta’minlash tartib-qoidalari qo’llanmasi”gamuvofiq bajariladi.

  • Protez-ortopedik mahsulotni olish uchun nogironlardan buyurtma qabul qilish tartibi qanday o’tadi?

Protezlashga yo’llanma talonni olish uchun, nogiron quyidagi hujjatlarni tuman (shahar) ijtimoiy himoya bo’limiga taqdim qilishi kerak:

— protez-ortopedik moslamaga muhtojligi haqidagi ariza;

— protez-ortopedik moslamaga muhtojligi hakidagi TMEK(16 yoshgacha bolalarga VMK) tomonidan berilgan tibbiy xulosa.

Protez-ortopedik moslamani olish uchun yo’llanma talon nogironning shaxsini isbotluvchi hujjat asosida to’ldiriladi.

  • Men 6 oydan buyon xususiy korxonada haydovchi bo’lib ishlayman va shaxsiy “Neksiya” avtomashinamda yuraman. Qish mavsumida mening mashina ikki marta ta’mirda bo’ldi va uni o’z hisobimdan ta’mirladim. Lekin, to’g’risini aytganda, bundan keyin ham shunday qilishni xohlamasdim, boshlig’imga aytish esa noqulay. Bunday holatlar to’g’risida qonunchilikda qanday qoidalar mavjud?

Mehnat kodeksining 173-moddasiga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan va uning manfaatlari yo’lida siz o’zingizga tegishli mashinadan foydalanganda transport vositalarining amortizatsiyasi va ulardan foydalanganlik uchun qilingan xarajatlarning amortizatsiyasi ish beruvchi hisobidan to’lanishi lozim. Ana shu xarajatlarni to’lashning miqdori va tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo’yiladi. SHunga ko’ra, siz o’z rahbariyatingiz bilan shartnoma tuzib qo’yishingiz va ularga mashinadan ish vaqtida foydalanganligingiz va uni ta’mirlaganligingiz haqida to’liq ma’lumotni berib borishingiz lozim.

Bunday holatlarda harajatlarni qoplash masalasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 2 apreldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik uchun kompensatsiya to’lash tartibi bilan belgilanadi.

  • Bizning mehnat jamoamizda eng yosh xodim hisoblanaman. Turmushga chiqmaganman. Tashkilotimizda navbatchilik jadvali tuzilayotganda turmushga chiqmaganligimni, bolalarim yo’qligini va uyda meni hech kim kutmasligini aytib, har gal meni kechki vaqtga yoki bayram kunlariga navbatchilikka qo’yishadi. Bu to’g’rimi?

Yo’q, bu adolatsiz. Hech kim sizni turmush o’rtog’ingiz yoki bolalaringiz yo’qligini asos qilib, kechki vaqtga yoki bayram kunlariga navbatchilikka qo’yishi mumkin emas. Ushbu holatda navbatchilik qilish mehnat majburiyatingizga kirgan taqdirda ham Mehnat kodeksining 177-moddasiga muvofiq, ish beruvchi xodimlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emas.

  • Mening uyda harakatlanishim ancha qiyinlashib qoldi va shu bois nogironlar kursi — aravachasini olmoqchiman. Qaerdan va qanday shart asosida uni olish mumkin?

Agar TMEK xulosasi bilan tasdiqlangan tibbiy ma’lumot bo’yicha nogiron yoki bemor (nogiron deb tan olinmagan) Ish bilan bandlikni ta’minlashga ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazidan nogironlar aravachasini olish huquqiga ega bo’lmasa, u:

  • unchakatta bo’lmagan to’lov evaziga Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan Reabilitatsiya texnik vositalarini ijaraga berish punktidan vaqtincha foydalanish uchun olishi mumkin. Hozirgi kunda Respublika tumanlarida 119 ta reabilitatsiya texnik vositalarini ijaraga berish punktlari mavjud. Yaqin ikki yil ichida bunday punktlar yurtimizning har bir tumanida faoliyat yuritadigan bo’ladi;
  • O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritadigan “Sog’lom avlod uchun” xayriya jamg’armasi, “Nuroniy” jamg’armasi va boshqa xayriya tashkilotlariga murojaat qilinishi mumkin.
  • Men xususiy korxona ochib va ishga ko’proq ayollarni qabul qilishni rejalashtirdim. Aytingchi, qaysi ish turlarida ayollarni mehnatidan foydalanish taqiqlanadi?

Mehnat kodeksining 225-moddasiga asosan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida ayollar mehnatini qo’llanish taqiqlanadi, yer ostidagi ba’zi ishlar (jismoniy bo’lmagan ishlar yoki sanitariya va maishiy xizmat ko’rsatish ishlari) bundan mustasnodir.

Ayollarning ular uchun mumkin bo’lgan normadan ortiq yukni ko’tarishlari va tashishlari man etiladi.

Ayollar mehnatini qo’llanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlarning ro’yxati hamda ular ko’tarishlari va tashishlari mumkin bo’lgan yuk normalarining chegarasini O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va ish beruvchilarning vakillari maslahatini olgan holda tasdiqlaydi.

  • Nogironlar protez-ortopedik moslamani ta’mirlashi uchun qaerga murojaat qilishlari kerak?

Ta’mirlash bo’yicha, protez-ortopedik moslamalarni ishlab chiqarishdan tashqari, bu mahsulotlarni tuzatish bilan shug’ullanayotgan korxonalarga murojaat etish lozim.

  • Men onam bilan yashayman. U katta yoshda va parvarishga muhtoj. Aytingchi, men ishda biron bir imtiyozga ega bo’lishim mumkinmi?

Ha, ega bo’lasiz. Mehnat kodeksining 229-moddasi muvofiq oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo’lgan shaxsning iltimosiga ko’ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi belgilashga majburdir.

Ushbu qoida homilador ayol, o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi) bor ayol, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayollarga ham taalluqli

  • Mening turmush o’rtog’im homilador. Aytingchi, u qachon va qancha muddatga homiladorlik va tug’ish ta’tilini olishi mumkin?

Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendarь kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendarь kun (tug’ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda – yetmish kalendarь kun) muddati bilan homiladorlik va tug’ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lanadi.

E’tibor bering, homiladorlik va tug’ish ta’tili jamlangan holda hisoblab chiqilib, tug’ishga qadar amalda bunday ta’tilning necha kunidan foydalanilganidan qat’i nazar ayolga to’liq beriladi.

  • Turmush o’rtog’im bilan ajrashganimdan keyin men o’g’limni o’zim tarbiya qilmoqdaman. Uning yoshi 12 da. Yozda men u bilan toqqa ikki haftaga dam olishga chiqmoqchi edim, lekin men ishlaydigan firma xodimlarning mehnat ta’tiliga chiqish grafigida meni ta’tilga chiqish vaqtim sentyabrь oyiga to’g’ri kelgan. Menga iyunь oyida mehnat ta’tili berishlarini so’rashim mumkinmi?

Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 231-moddasiga asosan o’n to’rt yoshga to’lmagan bitta va undan ortiq bolani (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg’iz ota, yolg’iz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg’iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik ta’tillar, ularning xohishiga ko’ra yoz vaqtida yoki ular uchun qulay bo’lgan boshqa vaqtda beriladi

  • Mening xodimim oliy oliy ta’lim muassasasiga kirishga qaror qildi va unga ta’til berishni so’rayapti. U bu yilda ta’tilda bo’lgan, nimaga men unga yana ta’til berishim kerak?

Mehnat kodeksining 254-moddasi muvofiq, kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga oliy o’quv yurtlariga kirish uchun kamida o’n besh kalendarь kun, muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi, o’quv yurtlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi. SHunday ekan siz unga oylik ish haqi saqlanmagan holda ta’til berishingiz lozim.

  • Mening nogiron otam 2008 yili ijtimoiy ta’minot bo’limidan nogironlar kursi — aravachasini olgan edi. Afsuski, yaqinda u kishi olamdan o’tdi. Tuman ijtimoiy ta’minot (TIT) bo’limi aravachani qaytarishni talab qilmoqda. Bu talab haqqoniymi?

Reabilitatsiya texnik vositalari nogiron undan foydalanishiga zarurat bo’lmasa, agar ushbu mahsulotning amal qilish muddati tugamagan bo’lsa, u berilgan tashkilotga qaytarilishi shart. “Zarurat bo’lmagan” holatlar nogironning sog’ayishi yoki o’limi hisoblanadi. Nogironlar aravachasining amal qilish muddati 5 yil.

Ushbu talablar reabilitatsiya texnik vositasi olinayotganda nogiron va Ish bilan bandlikni ta’minlashga ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (avval ijtimoiy ta’minot bo’limi bilan) o’rtasida tuzilgan shartnomada keltirilgan.

SHu tariqa, vafot etgan nogiron oilasidan nogironlar kursi -aravachasini talab qilish qonuniy hisoblanadi.

Iltimos, nogironlar aravachasini qaytarish muddatini cho’zishingiz, kimningdir o’z hayotini qulayroq qilishda imkoniyatdan mahrum qilishini yodda tuting.

  • O’n oy oldin men do’konimga sotuvchi sifatida bir ayolni ishga qabul qildim. Hozir u homilador va o’zini yaxshi his qilmagani uchun mendan ta’til berishni so’ramoqda. SHundayam, bir oydan keyin u bola tug’ish ta’tiliga chiqadi. Ushbu holatda men nima qilishim kerak? Uni ish boshlaganiga bir bo’lmaginini hisobga olib unga ta’til bermasligim mumkinmi?

Siz uning xohishiga ko’ra unga ta’til berishingiz lozim.

Mehnat kodeksining 231-moddasiga ko’ra, homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik ta’tillar, ularning xohishiga ko’ra, tegishlicha homiladorlik va tug’ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin yoxud bolani parvarishlash ta’tilidan keyin beriladi. SHuning uchun, sizning xodimingiz ijtimoiy ta’tilini yaqinlashib kelayotgan homiladorlik va tug’ish ta’tiliga qo’shib olishi mumkin.

SHu bilan birga, siz Mehnat kodeksining 143-moddasiga ko’ra, xodimda birinchi ish yili uchun yillik asosiy ta’tiliga chiqish huquqi olti oy ishlangandan keyin yuzaga kelishini esdan chiqarmasligingiz lozim.

  • Mening turmush o’rtog’im talaba. Yozda u davlat imtihonlarini topshiradi, yaqinda esa bizni farzandimiz tug’iladi. Mening turmush o’rtog’im o’qishini tugatguncha, men ota sifatida bola parvarishlash uchun ta’til olishim mumkinmi?

Ha, mumkin. Sizga bola parvarishi uchun ta’til to’liq berilishi yoki qismlarga bo’lib berilishi, shuningdek, bola parvarishlash ta’tili bolaning buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlariga berilishi mumkin.

  • Men bola parvarishlash ta’tilidaman. Farzandim to’qqiz oylik bo’ldi. Kecha kechqurun meni ish joyimdan qo’ng’iroq qilishib, korxonamiz tugatilayotganligi sababli meni ishdan bo’shashimni so’rashdi. Menga mehnat shartnomasini o’z xohishimga ko’ra, ish o’rinlarini qisqartirilishi munosabati bilan yoki tomonlarning o’zaro kelishuvi bilan bekor qilish taklifini berishdi. Ushbu holatda mening huquqim buzilmayaptimi va men qaysi tartibda bo’shashim kerak.

Agar, korxona haqiqatdan ham tugatilayotgan bo’lsa, unda qonun buzilmayapti. Mehnat kodeksining 237-moddasiga ko’ra, homilador ayollar va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi.

Siz, korxona haqiqatdan ham tugatilayotgani yoki ish o’rinlarining qisqartirilayotganini bilishingiz lozim. Agar, ish o’rinlari qisqartirilayotgan bo’lsa, homilador ayollar va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi.

  • Yoshim 17 da. Men pochtada ishlayman. Mehnatga oid huquqlarim katta yoshdagi xodimlarning huquqlaridan farq qiladimi?

Yo’q, farq qilmaydi. Mehnat kodeksida o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqli qilib belgilangan. Biroq, mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida ular uchun mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qo’shimcha imtiyozlardan foydalanadilar(Mehnat kodeksining 240-moddasi).

  • Ishxonamda menga 15 yoshli bola menga murojaat qildi. U judayam zehnli va xat tashuvchi vazifasiga bemalol to’g’ri keladi. Men uni ishga qabul qilsam, uni ish soatlarini qanday belgilayman? U kollejda o’qiydiku.

15 yoshga to’lgan voyaga yetmaganlar ishga joylashishda o’qish joyidan ma’lumotnoma taqdim etishi lozim. Ushbu ma’lumotnomaning mazmuni ruxsat berish tusiga ega bo’lmaydi (masalan, ota-onasinining birini roziligi kabi). Biroq, ushbu ma’lumotnomada shaxs mazkur muassasada o’qishi hamda ta’lim olish uchun zarur bo’lgan vaqti ko’rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar bilan birga Mehnat kodeksining 77-moddasi ikkinchi qismi talabiga ko’ra, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o’qishdan bo’sh vaqtida bajarishga yo’l qo’yiladi. Ma’lumotnomada ko’rsatilganlarni hisobga olgan siz uni ta’lim olishga hamda uy vazifalarini bajarishga imkon bergan holda ishni tashkil qilishingiz lozim.

  • Tashkilotimizda 16 yoshli qiz ishlaydi. Ota-onasi qizi institutga kirishi uchun davlat imtihonlariga tayyorgarlik ko’rishi lozimliginini aytib, u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish talabi bilan murojaat qildi. Ushbu masala bo’yicha kasaba uyushmasi bilan maslahatlashish kerakmi?

Ushbu holatda mehnat shartnomasini bekor qilishi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinmayotganligi sababli mehnat shartnomasini bekor qilishida kasaba uyushmasi yoki xodimning boshqa vakillik organining roziligi talab etilmaydi. Mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruqda Mehnat kodeksining 106-moddasi 6-bandiga havola qilgan holda mehnat shartnomasi xodimning ota-onasinini talabi bilan bekor bo’lganligini bayon qilishingiz lozim. Bundan tashqari, buyruqda Mehnat kodeksining 247-moddasiga ko’ra mehnat shartnomasi 18 yoshga to’lmagan shaxs bilan qanday asoslarda (masalan, o’qish jarayonining ish vaqti bilan nomuvofiqligi) bekor bo’lganligi aks etishi kerak.

  • Men maktabni tugatayapman va may oyida davlat imtihonlari boshlanadi. Aytingchi, men qanday qilib imtihon davrida oylik ish haqini saqlab qolgan holda ta’tilga chiqishim mumkin?

Umumta’lim maktablarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qiyotgan xodimlarga ish joyidagi o’rtacha ish haqi saqlangan holda bitiruv imtihonlari topshirish davrida yigirma ish kunidan kam bo’lmagan ta’til beriladi. Siz ish beruvchingiz nomiga ta’tilga chiqishingiz asoslari va muddatini ko’rsatgan holda ta’til berishni so’rab ariza yozishingiz lozim. Imtihonlarni topshirish davrida sizga o’rtacha ish haqi to’lanadi.

  • Men Termez shahrida yashayman. Bu yil Toshkent shahridagi Farmatsevtika institutini tugataman. Yaqinda men diplom ishimni yoqlashim kerak. Ta’lim olayotgan xodimlarga o’quv yurti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun imtiyoz bormi?

Ha, bor. Mehnat kodeksining 257-moddasiga ko’ra, ish beruvchi oliy o’quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish maqsadida o’quv yurti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo’l kiraning ellik foizdan kam bo’lmagan qiymatini to’laydi.

Xuddi shunday miqdorda diplom loyihasi materiallarini to’plash va yoqlash yoki bitiruv imtihonlarini topshirish uchun oliy o’quv yunrtiga borib kelish uchun xodimlarga yo’l kira haqi to’lanadi.

  • Ikkinchi guruh nogironi bepul nogironlar aravachasini olish huquqiga egami? Buning uchun qaerga murojaat qilish zarur?

Nogironlar aravachasi boshqa reabilitatsiya texnik vositalari kabi TMEKtibbiy xulosasi asosida beriladi.

O’zbekiston Respublikasi ehtiyoji bor fuqarolarni protez-ortopedik buyumlar va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi qo’llanmasida nogironlar aravachasini olish uchun qo’ydagi tibbiy ko’rsatmalar nazarda tutilgan:

Xona kursi — aravachasi qo’yidagi hollarda beriladi:

  • Surunkali III darajali qon aylanishi tanqisligi;
  • O’pka-yurak III darajali tanqisligi;
  • gemipareze bilan ifodalangan gemiplegiya;
  • qo’yi parapareze bilan ifodalangan paraplegiya;
  • tripareze bilan ifodalangan triplegiya;
  • tetrapareze bilan ifodalangan tetraplegiya;
  • ataksiya yaqqol ifodalangan giperkinetiko amiostatik sindrom;
  • ikkala boldir kulьti yoki amputatsiyaning yuqoriroq darajasida;
  • ikkala tizzaning deformatsiyalanadigan osteoartrozi va qo’l bilagining IV darajali tirsakoldi bo’g’imida.

Sayr qilishga mo’ljallangan kursi- aravachasi qo’yidagi hollarda beriladi:

  • gemipareze bilan ifodalangan gemiplegiya;
  • qo’yi parapareze bilan ifodalangan paraplegiya;
  • tripareze bilan ifodalangan triplegiya;
  • tetrapareze bilan ifodalangan tetraplegiya;
  • ikkala boldir kulьti yoki amputatsiyaning yuqoriroq darajasida;
  • ikkala tizzaning deformatsiyalanadigan osteoartrozi va qo’l bilagining IV darajali tirsakoldi bo’g’imida.

TMEKxulosasi bilan kursi — aravachasini bepul olish uchun tuman (shahar) Ish bilan bandlikni ta’minlashga ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga ariza (tibbiy xulosa bilan birgalikda) bilan murojaat qilish lozim. Markaz yuqorida ta’kidlab o’tilgan qo’llanmaga binoan ehtiyoji bor nogironning arizasi navbati kelishi zahoti kursi — aravachasi bilan ta’minlanadi. Nogironlar aravachasini olish uchun nogiron yoki uning vasiyi va Ish bilan bandlikni ta’minlashga ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi o’rtasida tegishli shartnoma tuziladi.

  • Xodimim oliy o’quv yurtiga o’qishga kirdi va hozirda sirtqi bo’limda o’qiydi. Uni ishga qabul qilayotganimda ta’lim olishini kelishmaganmiz. Xodimimning bakalavr dimlomi bo’lishiga qaramasdan, unga korxona hisobidan o’quv ta’tilini berishim shartmi?

“Ta’lim to’g’risida”gi Qonuning 14-moddasiga ko’ra, oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi va magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.Mehnat kodeksining 256-moddasiga muvofiq, oliy o’quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida o’ttiz kalendarь kun; diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida oliy o’quv yurti talabalariga to’rt oy muddat bilan o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo’shimcha ta’tillar beriladi.

Yuqoridagilarga ko’ra, siz ish beruvchi sifatida, o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo’shimcha ta’til berishingiz lozim.

Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 257-moddasiga ko’ra, ish beruvchi oliy o’quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish maqsadida o’quv yurti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo’l kiraning ellik foizdan kam bo’lmagan qiymatini to’laydi.

  • Men kafeda ofitsiant bo’lib ishlayman. Smena oxirida odatdagidek tushgan pulni seyf bo’lmaganligi uchun kassaga topshirdim. SHu kuni men bilan birga kafeda yana ikki kishi – oshpaz va kafeni yopib ketadigan farrosh ishladi. Ertasiga kafe boshqaruvchisi menga qo’shg’iroq qilib, kafening orqa eshigi ochiq ekanligini va kassadan pul o’g’irlanganligini aytdi. Kafe boshqaruvchisi sodir bo’lgan holat yuzasidan militsiya xodimlariga xabar bermadi Hech kim bu ish bilan keyinchalik shug’ullanmadi va o’g’irlangan pulni xodimlarning ish haqidan undirishni aytdi. Yetkazilgan zararni ish haqimizdan undirishi to’g’rimi? Ushbu holat bo’yicha qaerga murojaat qilishimiz mumkin?

Sodir bo’lgan o’g’irlik holati bo’yicha kafe boshqaruvchisi militsiya xodimlariga xabar berishi lozim edi. Tekshirish o’tkazilmasdan kafe boshqaruvchisi hech kimning ish haqidan pul undirish huquqiga ega emas. SHuning uchun siz kafe joylashgan hududdagi tuman prokuraturasiga murojaat qilishingiz mumkin.

  • Turmush o’rtog’im bilan mehnat shartnomasini bekor qilishdi. Bizning fikrimizcha, bu asossiz ravishda va Mehat kodeksining talablarini buzgan holda amalga oshirilgan. Biz sudga murojaat qilmoqchimiz va davlat boji to’g’risida ma’lumot olmoqchimiz?

Sizga hech qanday boj to’lashingizga to’g’ri kelmaydi. Mehnat kodeksining 277-moddasi muvofiq, xodimlar mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo’yicha sudga murojaat qilganlarida sud xarajatlarini to’lashdan ozod etiladilar.

  • Bola tug’ilishidan oldin men bola tug’ilganda beriladigan nafaqa to’g’risida bilmoqchiman?

Mehnat kodeksining 287-moddasiga muvofiq, bola tug’ilganda bir yo’la beriladigan nafaqa to’lanadi. O’zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug’i bilan tasdiqlangan Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida nizomga (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 8 mayda 1136-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) muvofiq bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi

  • Vrachning xulosasi bo’lgan hollarda nogironlarga bepul kafolat asosida taqdim etiladigan reabilitatsiya texnik vositalari ro’yxati mavjudmi?

Nogironlarga bepul tarqatiladigan protez-ortopedik buyumlar va reabilitatsiya texnik vositalar ro’yxati “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarni protez-ortopedik buyumlar va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi qo’llanmasi”da keltirilgan.

Protez-ortopedik moslamalarga ehtiyoji bor deb TMEKtomonidan topilgan nogironlar qo’yidagi mahsulotlar bilan bepul ta’minlanadi:

  • qo’l protezlari (elka protezi, yelka bo’lingandan kiyingi qismi protezi, yelkaoldi protezi, bilak protezi);
  • oyoq protezlari (son protezi, son bo’lingandan kiyingi qismi protezi, boldir protezi);
  • ko’krak ekzoprotezi;
  • qo’l va oyoqlarning ortopedik apparati va tutori;
  • korsetlar;
  • bandajlar (radikulit, tug’ruq oldi va kiyingilardan tashqari);
  • reklinatorlar (shinalarni ochadigan);
  • murakkab ortopedik oyoq kiyim;
  • protez oyoq kiyimi.

Reabilitatsiya texnik vositalarga ehtiyoji bor deb TMEKtomonidan topilgan nogironlar qo’yidagi mahsulotlar bilan bepul ta’minlanadi:

  • veloaravacha, kursi — aravacha va kichik gabaritli aravacha;
  • eshitish apparati;
  • hassa va trostlar;
  • hassa va trostlarning rezinali qismi.
  • Mening otam korxona buxgalteri bo’lib ishlaydi. U necha yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqishi mumkin?

Mehnat kodeksining 289-moddasiga asosan, yoshga doir pensiya sug’urta qilingan xodimlarga umumiy asoslarda:

  • erkaklar – oltmish yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam bo’lmagan taqdirda,
  • ayollar – ellik besh yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam bo’lmagan taqdirda tayinlanadi.

Pensiya sug’urta qilingan xodimlarning ayrim toifalariga pensiya yoshi kam bo’lganda, tegishli hollarda esa, – mehnat staji kam bo’lganda ham tayinlanadi.

  • Nogironlarga protez bilan birga protez uchun poyabzal berilishi shartmi?

Ha, protez korxonalari nogironlarga protez bilan birga protez poyabzalini ham berishlari kerak.

  • Yaqinda buvimni nogironlik bo’yicha pensiya olishini eshitdim. Aytingchi, nogironlik pensiyasi kimlarga to’lanadi?

Mehnat kodeksining 290-moddasiga ko’ra, nogironlik pensiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan, sug’urta qilingan xodimlarga:

  • mehnatda mayib bo’lganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli – mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar;
  • boshqa sabablar tufayli – muddati sug’urta qilingan xodimning nogironlik ro’y bergan vaqtdagi yoshiga bog’liq tegishli umumiy mehnat stajiga ega bo’lgan taqdirda tayinlanadi.

 

  • Qaysi toifadagi nafaqaxo’r va nogironlar bepul sihatgoh-kurort sog’lomlashtirish bo’yicha imtiyozlarga ega?

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi qarori bilan tasdiqlangan Nogironlar va nafaqaxo’rlarni bepul sihatgoh-kurort yo’llanmalari bilan ta’minlash tartibi to’g’risidagi Qo’llanmaga muvofiq bepul sihatgoh-kurort yo’llanmalarini olishda imtiyozga ega nafaqaxo’r va nogironlar toifasiga qo’yidagilar kiradi:

Ikkinchi jahon urushi nogironi va ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek I guruh urush nogironini kuzatuvchi shaxs;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

Ikkinchi jahon urushi davrida fidokorona mehnatlari va bekamko’st front orti harbiy xizmatlari uchun sobiq SSR Ittifoqi ordeni va medallari bilan mukofotlangan mehnat fronti ishtirokchilari;

Halok bo’lgan harbiy xizmatchilar oilasi;

Respublika ahamiyatiga molik shaxsiy nafaqa oluvchi shaxslar;

CHernobilь AES falokati natijasida kasallangan va nurlangan shaxslar, shuningdek CHernobilь halokati oqibatida nogiron bo’lib qolganlar;

Harbiy xizmatni yadroviy poligonlar va boshqa radiatsion yadro ob’ektlarida o’tagan shaxslar.

Sanatoriya va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimi dam olish uylarida bo’sh o’rinlar mavjud bo’lsa sihatgoh va dam olish uylariga yo’llanmalar yolg’iz nafaqaxo’rlarga, I va II guruh nogironlari hamda ularni kuzatib boradigan ko’z nuri bo’yicha I guruh nogironlariga, nafaqa yoshiga yetgan nafaqaxo’rlarga beriladi.

  • Qonunchilik yuzasidan kimlar yolg’iz nafaqaxo’rlar, qariyalar va nogironlar toifasiga kiradi? Kim ularni aniqlaydi? Ularga qanday imtiyozlar belgilangan?

Qo’shimcha ijtimoiy yordamga muhtoj yolg’iz nafaqaxo’rlar, qariyalar va nogironlar toifasiga umumiy belgilangan pensiya yoshiga yetgan va undan oshgan, yoshidan qatiy nazar I va II guruh nogironi bo’lgan, alohida uy, xonadon, umumiy yotoqxonada yolg’iz yashaydigan va farzandi (shu jumladan asrab olingan), ota-onasi, eri (xotini), vasiyi bo’lmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kiradi.

Muhtoj qariyalar, nafaqaxo’rlar va nogironlarga qo’shimcha ijtimoiy yordam ko’rsatilishi mumkin agar:

  • ularning ma’muriy hududdan tashqarida (mahalla, ovul, qishloq va h.k.) yashovchi qarindoshlari bo’lsa, lekin ularga doimiy turli xil moddiy yordam ko’rsatish imkoniga ega bo’lmasa;
  • ularning farzandlari yoki ota-onasi, eri (xotini) uzoq vaqt davolanayotgan bo’lsa yoki ozodlikdan mahrum etilgan bo’lsa;
  • er-xotin qariyalar, nafaqaxo’rlar va nogironlar birga yashab qarindoshlari bo’lmasa;
  • ular nogiron farzand bilan birga yashayotgan bo’lsalar.

Qo’shimcha ijtimoiy yordamga muhtoj yolg’iz nafaqaxo’rlar, qariyalar va nogironlarni aniqlash va hisobga olish tuman (shahar) Ish bilan bandlikni ta’minlashga ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi va fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organi tomonidan amalga oshiriladi.

Yolg’iz qariyaga (nafaqaxo’rga, nogironga) qo’shimcha ijtimoiy yordam uning arizasi yoki fuqarolar yig’ini oqsoqoli tavsiyanomasi va yolg’iz shaxsning turar joy va moddiy sharoiti tekshiruv dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.

  • Imkoniyati cheklangan odamlar uchun maxsus kasb-hunar kollejlarning maqomi va ish faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari qanday me’yorga muvofiq hujjat bilan aniqlanadi? Bu o’quv yurtlarining farqlari nimada?

Imkoniyatlari cheklangan odamlar uchun maxsus kasb-hunar kollejlarning maqomi va ish faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 y. 17.05.dagi  №100 qarori “Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati to’g’risida”, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007y. 07.07. dagi 139- sonli qarori   “O’zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida” (Vazirlar Mahkamasining “Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati to’g’risida” 2007 yil 17 maydagi 100-son qarori ) bilan aniqlangan.

Ta’limtarkibi,kollejdagio’quv jarayonini tashkil qilinishi (o’quv muddati, o’quv jarayonining jadvali) ta’lim standartlari asosida tuzilgan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining o’zaro kelishuvi bo’yicha tasdiqlangan maxsus o’quv rejalar va dasturlar bilan belgilanadi.

“Ta’lim haqidagi Qonun” va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida tasdiqlangan 9 — sinf bitiruvchilari uchun 3 yillik majburiy kasb-hunar ta’limi muddatidan farqlanib, maxsus kollejlarda o’qish muddati 1-2 yildan 3 yilgacha davom etishi mumkin.

Kollejdagi ta’lim muddati imkoniyatlari cheklangan odamlar uchun munosib soha va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limning kasbiga qarab umumiy kerakli va yetarli o’quv yuklamasini hisobga olgan holda belgilanadi. SHu bilan birga tanlangan kasblarning qiyinligi va miqdori e’tiborga olinadi. Maxsus kollejlar o’quvchilari bepul ovqat bilan ta’minlanadi. Kollej o’quv sinflari va guruhlarining miqdoriy tarkibi ixtisoslashtirilmagan kollejlardagi 30 odamga qaraganda 15-20 odamni tashkil etadi.

Ta’lim jarayoni yaxshilashga yo’naltirilgan. O’quvchilar to’liq tibbiy va psixologik ko’mak bilan ta’minlangan. Maxsus kollejlarning me’moriy uslubi, o’quv binolari, sinflari, xonalari, o’quv ustaxonalari va boshqa yordamchi binolar, yotoqxonalar imkoniyatlari cheklangan o’quvchilarning har jihatdan qulay o’qish va faoliyatlari ta’minoti uchun xalqaro standart normativlariga rioya qilinadi.

  • Maxsus kasb-hunar kollejlar va O’MKTning boshqa o’quv yurtlariga imkoniyatlari cheklangan shaxslarning qabul qilinishi qoidalari haqida gapirib bering.

O’rta umumta’lim o’quv yurtlarini hamda maxsus yordamchi maktab va maktab-internatlarning 9-sinf imkoniyatlari cheklangan bitiruvchilari (keyin-bitiruvchi), maxsus kasb-hunar kollejlarga va boshqa O’MKT o’quv yurtlariga o’zlari yoki ota-onalari (yoki ularni o’rnini olgan shaxslar) tanlagan sohalar bo’yicha keyingi tartibda qabul qilinadi:

  • Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi o’quvchilarning kasb tanlashi va psixologik-pedagogik tashhis markazi, umumiy o’rta ta’lim yurtlarining hamda maxsus kasb-hunar kollejlar rahbarlari tomonidan imkoniyatlari cheklangan 9-sinf bitiruvchilari, ularning ota-onalari (yoki ularni o’rnini olgan shaxslar) orasida kasb tanlash ishlari olib boriladi;
  • bitiruvchilar va ularning ota-onalari (yoki ularni o’rnini olgan shaxslar) umumta’lim va maxsus kasb-hunar kollejlarning ish faoliyati, ular ega bo’ladigan sohalari bilan batafsil tanishtiriladi, tanlangan kasb ularning jismoniy imkoniyatlariga mosligi haqida izohlar beriladi;
  • o’rta umumta’lim o’quv yurtlarini, hamda maxsus yordamchi maktab va maktab-internatlarning 9-sinf imkoniyatlari cheklangan bitiruvchilari yil oxirida tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasining tibbiy tekshiruvidan o’tadilar;
  • tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya imkoniyatlari cheklangan 9-sinf bitiruvchilariga maxsus kasb-hunar kollejlarda munosib sohalar bo’yicha o’qishlarini davom ettirishi mumkinligi yoki yo’qligi haqidagi xulosalarini va tavsiyalarini chiqaradi;
  • O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya va tibbiy-konsulьtativ komissiyalar xulosa va tavsiyalariga muvofiq  maxsus kasb-hunar kollejlarda o’zlari yoki ota-onasi (yoki ularni o’rnini olgan shaxslar) tomonidan tanlangan sohalar bo’yicha ta’limni davom etish to’g’risidagi arizalar asosida o’rta umumta’lim maktablar rahbarlari tomonidan hujjat papkalari tuziladi.

Kollejga o’quvchilar jinsi, tili, yoshi, irqi, millati, diniy mansubligi, ijtimoiy kelib chiqishi, mashg’ulotining turi, ijtimoiy mavqei, yashash joyi va O’zbekiston Respublikasi hududida qancha muddat yashaganligidan qat’i nazar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalarning, tuman (shahar) bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari yo’llanmalari bo’yicha qabul qilinadi.

Yo’llanmalar sohalar va kasblar ro’yxati asosida imkoniyatlari cheklangan maxsus kasb-hunar kollej o’quvchilariga bemorlik darajasini e’tiborga olgan holda  beriladi.

Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun kollejlarga bitiruvchilardan taqdim etish lozim bo’lgan  hujjatlar:

o’quv yurtining rahbari nomiga 9-sinf bitiruvchisi tomonidan yozilgan va ota-onasining (yoki ularni o’rnini olgan shaxslarning) imzosi qo’yilgan ariza;

— bitiruvchi shahodatnomasi;

— 086U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;

— yashash joyidan ma’lumotnoma;

— 3x4sm o’lchamli 6 tarasm;

— o’quvchining tug’ilganligi haqidagi guvohnoma yoki pasportidan ko’chirma;

— Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi hududiy tibbiy-psixologik-pedagogik diagnostik o’quvchilarning kasb tanlashi markazlari va tibbiy-konsulьtativ komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyanoma;

— Xalq ta’limi vazirligi Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi xalq ta’limi boshqarmalari qoshidagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalar tomonidan berilgan xulosa va tavsiyanomasi;

tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limlari yo’llanmasi.

Umumiy o’rta ta’lim yurtlarining, ixtisoslashtirilgan yordamchi, maxsus maktablar va maktab-internatlar rahbarlari bitiruvchilarning va ularning ota-onalari (yoki ularni o’rnini olgan shaxslar) bevosita katnashishi bilan 9-sinf bitiruvchilarining hujjat papkalarini imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun maxsus kasb-hunar kollejlar rahbarlariga topshiradilar. Rahbarlar orasidagi topshirish-qabul qilish rasmiy hujjati to’rtta nusxada rasmiylashtiriladi.

Imkoniyati cheklangan kishilar uchun umumiy o’rta ta’lim yurtlarining, ixtisoslashtirilgan yordamchi, maxsus maktablar, maktab-internatlar va maxsus kasb-hunar kollej rahbarlari bitiruvchilarning hujjatlarini to’liq va o’z vaqtida topshirish va qabul qilish uchun shaxsan javobgardirlar.

 

  • Ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollej bitiruvchisining diplomi qanday maqomga ega?

O’quv dasturini o’zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o’tgan kollej bitiruvchilariga davlat nusxasidagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim haqidagi diplom beriladi. Diplomga o’zlashtirilgan umumta’lim va maxsus fanlarning soatlari va baholari ko’rsatilgan ilova beriladi.

Kollej bitirganligi haqidagi diplom olingan sohaga munosib mehnat yuritishga imkon beradi.

  • Qonunlarda nogironlar mehnatini himoyalash uchun qanday imtiyozlar ko’zda tutilgan?

Alohida toifadagi nogironlar uchun quyidagi imtiyozlar ko’zda tutilgan:

  • 1 — va 2 — guruh nogironlari uchun ish vaqti davomiyligini qisqartirish – ish haqini kamaytirmagan holda haftasiga 36 soatgacha;
  • va 2 — guruh nogironlari uchun uzaytirilgan yillik asosiy mehnat ta’tili – davomiyligi 30 kalendarь kunidan kam bo’lmagan holda;
  • nogironlarni ularning roziligisiz tungi vaqtdagi, ish vaqtidan tashqari  hamda dam olish kunlaridagi ishga jalb qilmaslik.

Bundan tashqari, mazkur korxonada mehnat jarohati olgan yoki kasb kasalliklari bilan og’rigan shaxslar, urush nogironlari, atom ob’ektlaridagi falokat oqibatida nogiron bo’lib qolganlar shtat qisqarganida va texnologiyalar o’zgarishi bilan bog’liq boshqa sabablar bilan, ishlab chiqarish va mehnat, ish hajmi qisqarganida, ish o’rnida qolish ustunligiga egadirlar.

  • Kredit olishni va shaxsiy ishni boshlashni istagan nogironlarga imtiyozlar bormi? Ularni qanday olish mumkin?

Kredit olish uchun qonunchilikda nogirorlarga kafolatlangan imtiyozlar belgilanmagan, chunki kredit biznesini rivojlantirish moliyaviy instrument hisoblanadi va qoidaga belgilangan tarzda beriladi.

SHu bilan birga, turli moliya institutlari, birinchi navbatda mikrokredit tashkilotlari xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida nogironlar kredit olishlari uchun o’z faoliyati tartibidan kelib chiqqan holda alohida yengilliklar belgilaydilar.

Umumbelgilangan shartlarga ko’ra ancha imtiyozli shartlar asosida mikrokredit olish uchun tegishli  mikrokredit tashkilotga murojaat qilish zarur. Ushbu tashkilotlar haqida ma’lumotni Savdo-canoat palatasining  hududiy bo’linmalari yoki Markaziy bankning tegishli  bo’limlaridan olishingiz mumkin.

  • Men nogiron farzandni tarbiya qilyapman. U har yili 1,5 — 2 oy mobaynida davolanishi hamda reabilitatsiyadan o’tishi zarur va men u bilan birga bo’lishim kerak. Men ishlayotgan korxona ma’muriyati reabilitatsiyaning to’liq davri mobaynida menga qulay bo’lgan vaqtda mehnat ta’tili berishga majburmi?

O’n olti yoshgacha bo’lgan nogiron farzandlari bor ayollarga har yili qo’shimcha to’liq to’lov sharti amalga oshiriladigan uch kunlik mehnat ta’tili beriladi, shu jumladan o’z hisoblaridan davomiyligi o’n to’rt kunlik ta’tilni ham olish huquqiga egadirlar. Bu holatda mazkur ta’til kunlari asosiy ta’tilga ulanishi yoki yakka tartibda alohida  berilishi ham mumkin.

Mehnat ta’tillarining navbatda kelishi kasaba uyushmasi  qo’mitasi bilan kelishilgan holatda amalga oshiriladi. O’zlari uchun qulay vaqtda beriladigan ta’til            yolg’iz ahvolda  o’zi 16 yoshgacha bo’lgan nogiron farzandini tarbiya qilayotgan ota-onalarga tavsiya etiladi. Agarda siz yakka holda o’z nogiron farzandingizni tarbiya qilmayotgan bo’lsangiz, unda ta’til vaqtini oldindan ma’muriyat bilan kelishib olganingiz ma’qul.

  • Davolanish va reabilitatsiya muassasalarida nogironlarga xizmat ko’rsatish uchun qanday chora-tadbirlar va texnik vositalar ko’rsatilishi lozim?

Aytib o’tilganidek, barcha davolanish va  reabilitatsiya, ijtimoiy himoya muassasa binolari mavjud norma talablariga javob beradilar. Ular nogironlarning koridor va xonalarda to’sqinliksiz harakatini ta’minlaydilar.

Barcha davolanish va  reabilitatsiya, ijtimoiy himoya muassasa binolari 2 va undan yuqori qavatli bo’lsalar, ularda kursi-aravachadagi nogironlarni kerakli qavat, shifokor xonalariga bemalol chiqishi uchun liftlar o’rnatilishi kerak.

Atib o’tgan normalar chiqishidan oldin qurilgan hozirgi poliklinika, ambulatoriya, reabilitatsiya va ijtimoiy muassalari qaytadan ta’mirlanib, ko’targich-liftlar bilan jihozlanishlari kerak.

  • Nogironlarning kursi — aravachasida shahar ko’chalari bo’ylab ishga, o’qishga, turli madaniy-maishiy muassasalari tomon mustaqil harakatlana olishlari uchun qanday sharoitlar ko’zda tutilgan?

Piyodalar (yoki kursi-aravachasida yurish) harakatlanishi uchun 200–350 m masofa optimal hisoblanadi, 350­–400 m ruxsat etilgan me’yor. Odatda, turar joy mikrotumanlarida (kvartal, mahalla) quyidagi zarur kompleks xizmatlar bo’lishi shart: apteka, pochta, do’konlar, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, aksariyat mikrotumanlarga, kvartallarga transport bekatlarining o’rtacha normativ ko’rsatkichlarga yaqin joylashgan bo’lishi kerak. Harakatlanish hududi va yo’llarini noratsional tashkillashtirilishi, ob’ektlarning tarqoqligi, harakat yo’llarining qulaylik darajasi pastligi, jamoat transportlari bekatlarining ratsional taqsimlanmaganligi kabi kamchiliklar mavjud. Bosqichma — bosqich kamchiliklar bartaraf etilishi kerak va shaharsozlik muhitining o’zgarishiga hokimiyat mas’uldir.

Ko’p hollarda inson kursi — aravachasida mustaqil bekatgacha yeta olmaydi hamda kursi — aravachasida avtobus, trolleybus, tramvayga chiqa olmaydi. Transport bekatlari va mavjud jamoat transportlari ko’plab ko’rsatkichlar bo’yicha zamonaviy normativ talablar hamda xalqaro standartlarga javob bermaydi. Bekatlar holatiga hokimiyatlar va transport korxonalari mas’ul hisoblanadi. Jamoat transportlariga kursi- aravachasi uchun ko’taruv moslamasini joriy qilishga transport korxonalari qarashli bo’lgan idoralar mas’uldirlar.

MEHNAT MUHOFAZASI SOHASIDAGI SAVOL VA JAVOBLAR

 

  • Xususiy korxonada tikuvchi bo’lib ishlayman. Mening ish joyim oyna, ventilyatsiya va isitish moslamalari mavjud bo’lmagan 2×2,5 metr maydonli kichkina xona. Ushbu holatda qanday imtiyozlarga egaman va sud murojaat qilmasdan ish beruvchi oldida o’z pozitsiyamni qanday asoslasam bo’ladi?

Mehnat kodeksining 211-moddasiga ko’ra, barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo’lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi.

Sizning korxonangizdagi hamma ish o’rinlari Mehnat sharoitlarini baholash va mehnat sharoitlari bo’yicha ish o’rinlarini attestatsiya qilish uslubiga (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996 yil 28 mayda 247-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) muvofiq majburiy tartibda attestatsiya qilinishi lozim. Mehnat sharoitlari bo’yicha ish o’rinlarini attestatsiya qilish mansubligi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlarda o’tkaziladi.

Mehnat sharoitlari bo’yicha ish o’rinlarini attestatsiya qilish jarayonida xodimlar ishlaydigan zararli unsurlar, ularning xodimlarga yuklanishi aniqlanib, xodimlarga kafolat va kompentsatsiyalar aniqlanadi.

Sizning ish joyingiz to’g’risida bergan tavsilotlaringizga ko’ra, u yerda mehnat talablarini buzuvchi talablar yo’q.

Siz ish joyingizni bayon qilishingizga qaraganda u attestatsiya qilinmaganga o’xshaydi, bu esa mehnatni muhofaza qilish normalarining buzilishi hisoblanadi.

SHuning uchun, siz ish joyingizni attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha o’z ish beruvchingizga savol berishingiz mumkin.

  • Ertaga ishxonamizda xodimlar tibbiy ko’rikdan o’tishlari lozim. Men ham tibbiy ko’rikdan o’tishi lozim bo’lgan xodimlar ro’yxatidaman. Tibbiy ko’rikdan o’tish jarayonida shifokorlarning maslahatlari va xizmatlari uchun pul to’lashim kerakmi?

Yo’q, bunda tibbiy ko’rik bepul amalga oshiriladi. Mehnat kodeksining 214-moddasiga asosan, tibbiy ko’riklardan o’tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo’lmaydilar.

  • Kadrlar bo’limi boshlig’i 17 yoshga to’lgan shaxsni ishga qabul qilish to’g’risidagi arizasini ko’rib chiqib, ishga qabul qilishdan oldin majburiy tibbiy ko’rikdan o’tishi kerakligini aytdi. Uning bu harakatlari qonuniymi? Yana qanday turdagi ishchilar dastlabki tarzda majburiy tibbiy ko’rikdan o’tishlari kerak?

Ha, sizning ish beruvchingiz haq. Mehnat kodeksining 214-moddasiga muvofiq ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog’ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazishni tashkil qilishi shart:

  • o’n sakkiz yoshga to’lmaganlar;
  • oltmish yoshga to’lgan erkaklar, ellik besh yoshga to’lgan ayollar;
  • nogironlar;
  • mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog’liq ishlarda band bo’lganlar;
  • oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo’lganlar;

umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg’ul bo’lgan pedagog va boshqa xodimlari

  • Otam II guruh nogironi. U olti oydan buyon haftasiga 40 soatdan ishlaydi. Otam ish soatini qisqartirishni so’rab ish beruvchiga murojaat qildi. Lekin, ish beruvchi uning murojaatini rad qildi. Ushbu holatda otam sudga murojaat qilishi mumkinmi?

Ha, mumkin. Sud otangizni ish soatini qisqartirib berish bilan birga, ish beruvchidan otangizni 36 soatdan ko’proq ishlagani uchun ikki hissa miqdorida haq to’lattiradi.

Mehnat kodeksining 220-moddasining uchinchi qismiga ko’ra, I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to’lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o’ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi. SHuningdek, I va II guruh nogironi haftasiga 36 soatdan ortiq ishlagan taqdirda uning ish vaqti ish vaqtidan tashqari vaqt deb hisoblanadi va unga ikki hissadan kam bo’lmagan miqdorida haq to’lanadi.

  • Men bir o’quv binosidan ikkinchisiga o’tayotganimda muzga sirg’anib qo’limni qayirib oldim. Sudga murojaat qilmoqchiman, lekin ish beruvchi menga ushbu holatni tasdiqlovchi xujjatlarni berishni rad etmoqda. Ish beruvchining harakatlari to’g’rimi va men qanday qilib ish beruvchidan rasmiy javob olishim mumkin?

Bu holatda ish beruvchining xatti-harakatlari noqonuniy. Mehnat kodeksining 222-moddasiga muvofiq ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o’z vaqtida tekshirishi va hisobga olib borishi shart. Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e’tiboran uzog’i bilan uch kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to’g’risida dalolatnoma berishi shart.

Sizni tashkilot rahbarining nomiga yozma ariza bilan murojat etishingiz kerak, u qabul qilinishi va ko’rib chiqilishi shart. Agar rad etilsa, siz yuqori turuvchi tashkilotga yoki huquqni muxofa qiluvchi organga murojaat qilishingiz mumkin.

  • “Ishxona” va “ish joyi” tushunchalari bir xil ma’noni anglatadimi?

Yo’q, anglatmaydi. Ishxona tushunchasiga xodim ishlaydigan korxona yoki uning alohida tarkibiy bo’linmasi (filial, vakolatxona i b.) kiradi. Ishxona mehnat shartnomasining majburiy sharti hisoblanadi va ish beruvchi va xodim o’rtasida tuziladigan mehnat shartnomasiga kiritilishi lozim. Ishxonani o’zgartirish ish beruvchini o’zgarishiga olib keladi va bir ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilinib, boshqasi bilan yangi mehnat shartnomasini tuzilishini talab etadi.

Ish joyi esa xodim mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mutaxassislik, malaka yoki lavozim bo’yicha zarur uskuna va moslamalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish uchastkasining muayyan maydoni hisoblanadi. Mehnat kodeksining 91-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasida shartlashib olinmagan ish joyini o’zgartirish mehnat shartlarini o’zgartirish deb hisoblanmaydi va bu haqda xodim bilan kelishish talab qilinmaydi.

  • Mening qo’shnim nogiron. Yaqinda u mendan ishlashga huquqim bormi deb so’radi. Men bor deb aytmoqchi edim, lekin bu haqda qaerda yozilganligini bilmayman. Aytingchi, nogironlarning mehnat qilish huquqini belgilab beradigan qandaydir hujjat bormi?

“O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risidagi Qonunning 5-moddasiga muvofiq, davlat nogironlar turmush faoliyatining cheklanganligini baholash asosida ularning ijtimoiy yordam hamda himoya chora-tadbirlariga bo’lgan ehtiyojlari hisobga olinishi ta’minlanishini, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turlaridagi dasturlar amalga oshirilishini, nogironlarning jamiyat bilan uyg’unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini, nogironlarni kamsitishning barcha shakllaridan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rilishini kafolatlaydi.

Nogironligi bo’lgan shaxs mehnat sharoitlari odatdagicha bo’lgan tashkilotlarda, nogironlar mehnatidan foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan korxonalarda, tsexlar va uchastkalarda ishlashga, shuningdek qonun bilan taqiqlanmagan yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishga haqlidir.Nogironligi tufayli nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ish yuzasidan uni yuqori lavozimga ko’tarishni rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, nogironni uning roziligisiz boshqa ishga o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi, tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga ko’ra nogironning sog’lig’i kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning yoxud boshqa shaxslarning sog’lig’i va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollar bundan mustasno. Nogiron o’z mehnat qobiliyatini tiklaganidan keyin ilgarigi ishiga yoki shunga teng ishga joylashish huquqiga ega (“O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 24-moddasi).

Mehnat kodeksi 220-moddasining birinchi qismiga asosan, ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yo’llangan nogironlarni ishga qabul qilishi shart.

Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish tartibi to’g’risidagi nizomga ko’ra, nogiron shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish xodimlarining ro’yxat bo’yicha o’rtacha soni yigirma nafardan ko’pni tashkil etadigan tashkilotlar uchun belgilanadi. Bunda nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida 3 foizi miqdorida ish o’rinlarining eng kam soni belgilanadi va band qilib qo’yiladi.

 

Savol. Ish beruvchining aybi tufayli ish vaqtida jaroxat oldim. Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan menga 1-gurux nogironligi belgilandi. Ammo, korxona sog’ligimga yetkazilgan zararni qoplash xaqidagi talabimni o’rinsiz deb hisoblayapdi. SHu to’g’rimi? Qodirov Fazliddin Olot tumani

Javob. Yo’q. Siz to’g’ri talab qilayapsiz. Agarda xodim ish beruvchining aybi tufayli nogiron bo’lib qolsa va o’zgalarning parvarishiga va yordamiga muxtoj bo’lsa, ish beruvchi TMEKlar yoki TMKlar xulosasiga muvofiq nogironni mehnat qobiliyatini yo’qotgan davrida parvarishlagan shaxsni o’z hisobidan ta’minlashga hamda jabrlangan xodimga bir yo’la nafaqa va oyma-oy tovon puli nafaqasi to’lab boradi, ya’ni mehnat vazifasini bajarish bilan bog’liq xolatdagi sog’liqqa yetkazilgan shikast (zarar)ni belgilangan muddatda va tartibda qoplashga majbur.

Savol. Korxonamda mehnat qilayotgan nogiron ishlashlari  uchun yetarli sharoit yaratilmagan edim. Yaqinda nazorat qiluvchi organlar tomonidan o’tkazilgan tekshiruvda kattagina jarimaga tortildim. Aytishlaricha, korxona ushbu kamchiliklarni 10 kun muddatda bartaraf etsa, u holda jarima to’lashdan ozod etilar emish. SHu to’g’rimi

Azimov Karim Qalandarovich    Buxoro  tumani

Javob. Korxona — tashkilotlarda  o’tkaziladigan tekshirishlarda nogironlar uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi aniqlangan holatda, inspektor  tomonidan dalolatnoma tuzulib, jarima qarorini chiqaradi. Korxona ish beruvchisigi bajarilishi shart bo’lgan yozma ko’rsatma beradi, ammo uning muddati 30 kundan oshmasligi kerak. Ko’rsatma o’z vaqtida to’liq bajarilgan taqdirda jarima solish to’g’risidagi qaror bekor qilingan hisoblanadi, bu haqda tegishli yozuv qayd etiladi. Ushbu norma faqat tadbirkorlik sub’ektlariga tadbiq etiladi. Qolgan tashkilotlar esa, ko’rsatma talabini bajaradi va jarima qarori bajarilishini ta’minlaydi.

Savol. 2 gurux nogironi bo’lsam-da. Kichikroq bir korxonada mehnat qilaman. Yaqinda mehnat ta’tiliga chiqish arafasidaman. Ammo, raxbarimiz ta’til oldidan qo’shimcha vaqtda ishlashimni talab qilayapdi. Nogironlarning mehnatnini muhofaza qilishning  qo’shimcha choralari, ya’ni ta’til, qisqartirilgan ish vaqti, ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish borasida biroz tushuncha bersangiz?

Norov Anvar Ashurovich  Buxoro shahri

Javob. Mehnat Kodeksining  220-moddasiga asosan, ish beruvchi ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yo’llangan nogironlarni ishga kabul qilishi shart.

TMEKning nogironlarga to’liqsiz ish vaqti rejimi o’rnatish, ularning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir.

1 va 2 guruh nogironlariga mehnatga haq to’lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining xaftasiga o’ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartiriladigan muddati belgilanadi.

1 va 2 guruh nogironlari o’ttiz kalendarь kundan kam bo’lmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy ta’til bariladi.

Nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar  tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo’lsa, yo’l qo’yiladi.

Savol. Yaqinda kollejni bitirdim. Tadbirkorlik korxonasiga ishga kirmoqchiman. Ishga qabul qilishda mehnatni muhofaza qilish huquqi kafolatlari bo’yicha tushuncha berib o’tsangiz?

Jabborov Ahmad Namozovich  Romitan tumani

Javob. “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonunning 16-moddasida ishga qabul qilishda mehnatni muhofaza qilish huquqi kafolatlari belgilangan. Bunga ko’ra, mehnat shartnomasi (bitimi) shartlari mehnatni muhofaza qilishga oid qonunlar va boshqa me’yoriy xujjatlarning talablariga muvofiq bo’lishi shart. Fuqarolarni ularning salomatligiga zid bo’lgan ishlarga qabul qilish man qilinadi. Ma’muriyat xodimni kasb kasalligi paydo bo’lishi ehtimoli yuqori darajada ekanligi oldindan ayon bo’lgan ishga qabul qilayotganda uni bu haqda ogoxlantirishi shart.

 

Savol:

Nogironligim tufayli aravachada yurishga majburman.Ish yuzasidan tumandagi bir necha idoralarga qatnashga majbur bo’ldim. Idora oldiga borib ichkariga kirolmaysarson bo’laman. U yerdagilar esa menga yo’lini topib ichkariga kirishni talab qilishmoqda. Naxotki, bu idoralar oldiga maxsus yo’lak qurishni iloji bo’lmasa? Axir menga o’xshaganlar ko’p bo’lmasa-da, har holda uchrab turadi-ku?

Hamroeva Zulfiya, 1-guruh nogironi

Jondor tumani.

Javob:

O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 21 iyuldagi O’RQ-162-sonli “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy ximoya qilish to’g’risida”gi Qonuning 10-moddasiga asosan, Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlarning (shu jumladan o’rindiqli aravacha hamda yetaklovchi itlardan foydalanuvchi nogironlarning) ijtimoiy infratuzilma ob’ektlariga (turar joylarga, jamoat va ishlab chiqarish binolariga, imoratlar va inshoatlarga, sog’liqni saqlash va sport  ob’ektlariga, madaniy-tomoshogoh hamda boshqa muassasalarga) to’sqinliksiz kirish uchun, shuningdek temir yo’l, havo, suv transportidan, shaharlararo avtomobil transportidan, shahar va shahar atrofiga qatnaydigan yo’lovchilar transportining barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa vositalari va axborot vositalaridan to’sqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratilishi shartligi belgilab qo’yilgan.

Barcha shaxar, tumandagi davlat mehnat texnik inspektorlari tomonidan targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilishi, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilinishiga qaramasdan aksariyat korxona va tashkilotlarda nogironlar uchun sharoit (pandus) yaratilmaganlik holatlari uchramoqda.

Belgilangan tartibda tekshirishlar jarayonida nogironlar uchun sharoit (pandus) yaratmaganligi uchun yuqoridagi qonunning 11-moddasiga asosan Respublikada belgilangan eng kam ish xaqqining yetmish baravaridan  yuz baravarigacha bo’lagn miqdorda jarima qo’llanilishiga  sabab bo’ladi.

 

Savol: Mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga mehnat daftarchasi qachon berilishi kerak va ish beruvchi mehnat daftarchani vaqtida bermasa qanday javobgarlik mavjud?

Javob:

Mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 108-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shart.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 29 yanvarda 402-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnomanining 3.1-bandiga ko’ra, ish beruvchi aybi bilan mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa, u holda butun kechiktirilgan davr uchun xodimga o’rtacha oylik ish haqi to’lanadi.

Yuqoridagi mehnat qonunchiligi hujjatlari talablariga rioya etmagan ish beruvchiga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksining 49-moddasi bilan eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima qo’llaniladi, agar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima qo’llaniladi.

 

 

Savol ( “Arteks” MCHJ rahbari A.SHokirov): Korxonamda nogironlar ishlamaydi, shunday bo’lsa ham nogironlar uchun yo’lakcha qurishim shartmi?

Javob:

O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 21 iyuldagi 162-sonli «O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 10-moddasiga ko’ra, Davlat boshqaruvi organlari,  mahalliy davlat hokimiyati  organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlarning (shu  jumladan o’rindiqli aravacha  hamda yetaklovchi itlardan foydalanuvchi  nogironlarning) ijtimoiy  infratuzilma ob’ektlariga (turar  joylarga,  jamoat  va  ishlab  chiqarish  binolariga,  imoratlar   va inshootlarga,  sog’liqni  saqlash  va  sport  ob’ektlariga, madaniy-tomoshagoh hamda boshqa muassasalarga) to’sqinliksiz kirishi uchun, shuningdek temir  yo’l, havo, suv  transportidan, shaharlararo  avtomobilь transportidan,  shahar va shahar  atrofiga  qatnaydigan  yo’lovchilar  transportining barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy  foydalanishdagi aloqa vositalari  va axborot  vositalaridan  to’sqinliksiz  foydalanishi  uchun  sharoitlar yaratishi shartdir. Agar ushbu qonun talabi ta’minlanmasa O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 21 iyuldagi 162-sonli «O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 11-moddasiga ko’ra, «Eng kam ish haqqining 70 baravaridan 100 baravarigacha moliyaviy jarima qo’llaniladi».

 

Savol ( “Kuruvchi alьpinist” MCHJ rahbari Z.Ahmedov): Mehnatni muhofaza qilishni qanday tartibda moliyalashtirish mumkin?

Javob:

O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish» to’risidagi qonunining 11-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 12 noyabrdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlagan “Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda mehnatni muhofaza qilish jamg’armasini tashkil etish va uiing mablag’laridan foydalanish tartibi to’g’risida nizom”ga asosan Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash davlat tomonidan, shuningdek mulk

shaklidan qat’i nazar, jamoat birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi.

Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli byudjetlardan alohida qayd bilan ajratiladigan byudjet mablag’lari (respublika va mahalliy) boshqaruv hamda nazorat idoralarini saqlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyaviy ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini bajarish uchun foydalaniladi.

Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablag’larni jamoa shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratadi. Korxonalarning xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir qo’shimcha chiqim qilmaydilar.

Korxonalar o’zining xo’jalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatidan keladigan foyda (daromad), shuningdek boshqa manbalar hisobiga mehnatni muhofaza qilishning  markazlashtirilgan fondlarini tashkil etish huquqiga ega.

Mehnatni muhofaza qilishga mo’ljallangan mablag’larni boshqa maqsadlarga ishlatish mumkin emas.

 

Savol ( “Tumaris gaz servis” MCHJ rahbari M.Ablokulov): Men xodimlarimni sug’urta qildirishim shartmi?

Javob:

O’zbekiston Respublikasi Mehnatni muhofaza qilish qonunining 15-moddasi hamda “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni O’RQ-210 16 aprel 2009 yilda tasdiklangan bulib, ushbu Konunda barcha ish beruvchilar xo’jalik sub’ektlarining mulkchilik shaklidan qat’iy nazar Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta  qilish majburiydir.

 

Savol (Buxoro tumani “Raboti-Qalmoq” mahallasidan Odilov SHaxruz Raxmatovich): Xodimga qanday intizomiy jazolar turlari qo’llanilishi  mumkin va qancha muddatda amal qiladi?

Javob:

Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi O’zbekiston Respublikasi  Mehnat Kodeksining 181-moddasiga ko’ra hayfsan,  o’rtacha oylik ish haqining o’ttiz foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima (Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o’rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin.) hamda mehnat shartnomasini bekor qilish  kabi intizomiy jazo choralarini qo’llash mumkin, mazkur intizomiy jazo choralaridan boshqa  intizomiy jazo choralarini qo’llanish taqiqlanadi.

Qo’llanilgan intizomiy jazo choralari Mehnat Kodeksining 183-moddasiga ko’ra jazo qo’llanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.  Intizomiy jazoni qo’llagan ish beruvchi o’z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko’ra jazoni bir yil o’tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.Intizomiy jazo muddatidan oldin olib tashlansa, bu xodim intizomiy jazo olmagan xisoblanadi.

 

Savol (Buxoro tumani “Xonabod” mahallasidan Botur Ashurovich): Ishga kirgan vaqtda ba’zi korxonalarda mehnat daftarchalari xodimning o’zi olib kelishligini byuradi. Bu to’g’rimi? Mehnat daftarchalarini qanday tartibda beriladi?

Javob:

“Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnomaning  1.3-bandiga ko’ra “Har bir korxona o’z ehtiyojlaridan kelib chiqib, lekin shtat jadvalida nazarda tutilgan xodimlar sonidan oshmagan holda, mehnat daftarchalari sotib olish huquqiga ega.

Mehnat daftarchalari va mehnat daftarchalariga qo’shimcha varaqlar korxonalar tomonidan mahalliy mehnat organlaridan oldi-sotdi shartnomasi asosida sotib olinadi. Mehnat daftarchalarini boshqacha tartibda sotish, shuningdek, fuqarolar tomonidan mehnat daftarchalarini sotib olish taqiqlanadi.

Mehnat daftarchalari va mehnat daftarchalariga qo’shimcha varaqlarni sotib olish shartnomasini tuzish uchun korxonalar mahalliy mehnat organlariga yozma murojaat qilishlari lozim. Yozma murojaatda shtat jadvali bo’yicha xodimlar soni, vakant lavozimlar (joylar) soni, shuningdek, mehnat daftarchasi (mehnat daftarchasi dublikati) yoki mehnat daftarchasiga qo’shimcha varaq berilishi lozim bo’lgan xodimlar to’g’risida ma’lumotlar ko’rsatiladi.