Viloyat hokimligi va prokuraturasi, Harbiy prokuratura, Bandlik bosh boshqarmasi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi hamkorligida Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda 70 ta korxona va tashkilot o’zida vakant bo’lgan 1 ming 423 ta bo’sh ish o’rni bilan qatnashdi.

Mehnat yarmarkasida ish bilan band bo’lmagan fuqarolar, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamidan 2 ming nafar fuqaro ishtirok etgan bo’lsa, ularning 366 nafari o’zi tanlagan kasb-korda ishga joylashish uchun yo’llanmaga ega bo’ldi. Shuningdek, 445 nafar ishsiz fuqaro haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb etilib, yana 221 nafar fuqaroga kasbga o’qitish uchun yo’llanmalar berildi. Bundan tashqari, shu kunning o’zida 1194 nafar ishtirokchiga mehnat qonunchiligiga oid huquqiy yo’l-yo’riq va maslahat berildi.