Vazir “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirladi

Vazir “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirladi

Davlatimiz rahbarining farmonida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Bugun ko‘rik-tanlovning yakuniy Respublika bosqichida go’lib bo’lgan uch nafar nomzod taqdirlandi.

Tanlov g‘oliblari:
III –o‘rin. Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasidan Akbarov Botir Murod o‘g‘li;
II-o‘rin. Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasidan Umarov Ravshan Anvar o‘g‘li;
I-o‘rinni Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasidan Boqiyeva Zarina Shavkat qizi egalladi.

Shuningdek, vazirlik tizimida faol ishlab kelayotgan yoshlarga ham tashakkurnoma hamda esdalik sovg’alari topshirildi.