O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Olot tumanida

“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Zero, xalqimiz o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarni ertaga yoki uzoq kelajakda emas, aynan bugun ko‘rishi kerak!”. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning insonparvarlikka yo‘g‘rilgan bu olijanob da’vatlariga javoban bugun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Olot tumanida tuman aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Sayyor qabul jarayonida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov, tuman hokimi Nargiza Nematova hamda sektor rahbarlari ishtirok etishdi. Qabulda ishga joylashtirish, imtiyozli kredit olish, kasbga o‘qitish, jamoat ishlariga jalb qilish bo‘yicha 13 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Aholi tomonidan qilingan murojaatlar joyida o‘z yechimini topdi. Murojaatlar davomida aholi uchun muhim bo‘lgan boshqa sohalardagi muammolar yuzasidan ham aholining takliflari tinglandi. Qabul jarayonida mutasaddilar tomonidan qayd etilganidek, mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, mehnatga layoqatli fuqarolarning mehnat qilish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish ustuvor masalaga aylandi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 11 avgustda qabul qilingan “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Olot tumanida ishsizlar ro‘yxatida turgan ayollarni ish bilan ta’minlash, ularni foydali mehnatga jalb qilish maqsadida bugun 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida, kasb-hunar maktablarida o‘qigan 21 nafar ishsiz fuqarolar subsidiya shartlari asosida uy sharoitida daromad topishlari uchun mehnat uskunalari bilan ta’minlandilar. Bu esa 21 ta oilaning muammolari o‘z yechimini topib, doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi degani.

BUXORO SHAHRIDA MONOMARKAZ FAOLIYATINI BOSHLADI

Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi quyidagi o’quv kurslariga taklif etadi:
-Neyl stilist – 2 oy
-Kosmetolog -2 oy
-Ayollar sartaroshi -3 oy
-Erkaklar sartaroshi -2 oy
-Tikuvchi – 3 oy
-Oshpaz -2 oy
-Qandolatchi -2 oy
-Uqalovchi (bolalar uchun) -2 oy
-Uy hamshirasi -4 oy
-Enaga (yosh va nogiron bolalar,qarilarga xizmat korsatish) -2 oy
-Santexnik -3 oy
-Elektrik -3 oy
-Maishiy uy-rozgor elektrotexnik buyumlarni tamirlash ustasi -3 oy
-Payvandlovchi
-3 oy
-Kran boshqaruvchisi -3 oy
-Avtoservis xizmat korsatish ustasi -4 oy
-Alyumin va plastmassa profillariga ishlov berish ustasi -3 oy
-Parrandachilik -3 oy
-Issiqxona ishlari mutaxassisi -3 oy
-Qishloq xojalik mahsulotlarini qayta ishlash -3 oy
-Rus tili -Ingliz tili -Koreys tili -Yapon tili -3 oy
-Kompyuter web-dizayn -3 oy
-1C buxgalteriya +byudjet tashkilotlariga buxgalter -2 oy
Manzil: Buxoro sh. Piridasgir ko’chasi 13 uy
Tel:+998992550037