Buxoro shahrida «Bo’sh ish o’rinlari» mehnat yarmarkasi o’tkazildi

Unda 354 ta korxona va tashkilotlar o’zlarida mavjud jami 5098 ta ish o’rinlari bilan ishtirok etdi

Yarmarka davomida 1059 nafar fuqarolar ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini imzoladi. Shuningdek, Buxoro shahridagi «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 96 nafar fuqarolarga kasbga o‘qitilganlik sertifikati asosida subsidiya tartibida ish anjomlari va texnikalar ajratilgan bo‘lsa, 20 nafar ayolga tikuv mashinalari imtiyozli kredit asosida rasmiylashtirilib berildi.