Viloyat hokimligi va prokuraturasi, Harbiy prokuratura, Bandlik bosh boshqarmasi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi hamkorligida Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda 70 ta korxona va tashkilot o’zida vakant bo’lgan 1 ming 423 ta bo’sh ish o’rni bilan qatnashdi.

Mehnat yarmarkasida ish bilan band bo’lmagan fuqarolar, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamidan 2 ming nafar fuqaro ishtirok etgan bo’lsa, ularning 366 nafari o’zi tanlagan kasb-korda ishga joylashish uchun yo’llanmaga ega bo’ldi. Shuningdek, 445 nafar ishsiz fuqaro haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb etilib, yana 221 nafar fuqaroga kasbga o’qitish uchun yo’llanmalar berildi. Bundan tashqari, shu kunning o’zida 1194 nafar ishtirokchiga mehnat qonunchiligiga oid huquqiy yo’l-yo’riq va maslahat berildi.

Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro viloyat bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida «bo’sh ish o’rinlari» mehnat yarmarkasi o’tkazildi

Talabalar va bitiruvchi yoshlar uchun viloyatning sohalar bo’yicha Xalq ta’limi sohasida 1261 ta, maktabgacha ta’lim sohasida 696 ta, tibbiyot sohasida 839, sanoat sohasida 1435 ta, qurilish sohasidan 805 ta, qishloq xo’jaligi sohasida 2032 ta, va boshqa sohalar bilan birgalikda jami 8000 dan ziyod bo’sh ish o’rinlari taklif etildi. Yarmarkada 100 dan ortiq korxona tashkilotlar jalb qilingan bo’lib, 3500 ga yaqin talabalar qatnashdi. Tadbir davomida 200 dan ortiq ishga joylashish bo’yicha kelishuvga ega bo’lindi, hamda 50 ga yaqin o’zaro hamkorlik aloqalari o’rnatildi